Asosiy mavzular
3 october 2025

Istanbulda o‘zbek ayolni bo‘g‘izlagan navoiylik qotil qo‘lga olindi

Istanbulda o‘zbekistonlik qizni bo‘g‘izlab o‘ldirib qochib ketgan o‘zbek Navoiy viloyatida qo‘lga olindi

Biror ishning boshini tutmagan o‘zbekistonlik qashshoq  Akmaljon Rustamovich – qotil va u o‘z aybini bo‘yniga oldi. 

Qotilning tezda qo‘lga olinishi Istanbul shahrining Fotix tumanida sodir etilgan qotillik ishi yuzasidan Istanbul politsiyasining O‘zbekiston rasmiy idoralari bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasi o‘laroq ko‘rindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston vatandoshi Halimaxon Odilovna Axmadova  jim bo‘lib qolganidan havotir olgan uning Turkiyadagi qo‘shnilari vaziyat haqida uy egasiga murojaat qilishgan. Eshik chilangar yordamida ochilganida, xotinning qonga belgan jasadi uy yotoqxonasidan topilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari marhumning bo‘yni kesilgani va voqea jinoyat yo‘li bilan sodir etilganini aniqlashdi. Jasad sud-tibbiy ekspertizasi uchun o‘likxonaga jo‘natildi.

Istanbul politsiyasi Jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida marhumaning shaxsi aniqlandi hamda hodisa yuzasidan asosiy gumonlanuvchi sifatida Akmaljon Rustamovich S. belgilandi.

Kuzatuv kameralari yozuvlari yordamida gumonlanuvchining 17 sentyabr kuni marhuma bilan birgalikda uyga kirgani, bir kundan so‘ng esa uydan yolg‘iz chiqqani anqlangan. 

Shuningdek, surishtiruv natijasida gumonlanuvchining bir oy avval O‘zbekistondan Turkiyaga kelgani va qotillikdan keyin vatanga qaytgani ma'lum bo‘lgan.

Istanbul politsiyasining O‘zbekiston rasmiy idoralari bilan hamkorlikda olib borgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi shaxs O‘zbekistonning Navoiy viloyati hududida qo‘lga olindi. Uning qo‘lidan ikki mobil telefon topilgan bo‘lib, ulardan biri marhumaga tegishli ekani aniqlandi.

O‘zbekistondagi dastlabki tergov davomida gumonlanuvchi qilgan jinoyatini  to‘la tan olgan. U o‘z bayonotida: «U mening sevgimni rad qildi, men esa uni chin dildan sevar edim», deya o‘zining ishsiz, nimjon va kasalvandligini aytib aybini yumshatishga uringani aytiladi.

Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov harakatlari O‘zbekistonda davom etmoqda.

Turkiya matbuoti va ijtimoiy tarmoqlarida odatda qo‘rqoq va hurkak bo‘lgan o‘zbek erkaklarining kuchi xotin-xalajga yetishi va O‘zbekistonda har kuni yuzlab xotin-qizlar erkaklar xujumiga uchrashi, o‘zbek sudlari yiliga yuzlab qotil erlar haqidagi jiniyat ishlarini ko‘rib chiqishi haqida baxs qilinmoqda. Eltuz O‘zbekistonda gender muammolari bilan bog‘liq jinoyatlarga oid voqealarni yoritishda davom etadi, kanalimizga obuna bo‘ling, video yuzasidan izohlar qoldiring.  

Tag‘in o‘qing
2 october 2015
29 sentyabr kuni o‘zbek huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar Xorazm viloyat Xazorasp TIIB militsionerlari tomonidan ushlangan va ...
13 december 2023
“Biz tomonlarda “ko‘cha bolalari”ni “bosslar” deb atashadi. Ular ehtiyojmand o‘smirlar va yigitlarni yollab yoki qo‘rqitib, tarkibida oltin bo‘lgan ma'dan ...
24 march 2024
Moskva yaqinidagi «Krokus siti holl» kontsert zalida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni IShIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi — IShID-Xuroson guruhi o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times nashri. Bu ...
11 january 2026
O‘zi mamsiklik, ona emchagidan ajralmaganlik, separatsiya yo‘qligi ayrim o‘zbek erkaklari va onalarining trigger joylari.  Bundan avvalgi postda aynan shundaylar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...