UzPoster
7 november 2025

Ozarbayjon NATO standartiga o‘tmoqda, bu imkon O‘zbekistonda ham bor 

Ilgari Rossiya qurol aslahalaridan foydalanib kelgan Ozarbayjon armiyasi NATO standartlariga o‘tkazilmoqda. Bunday imkoniyat O‘zbekistonda ham bor. 

Bu esa endilikda NATOga  a'zo davlatlar – AQSh, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniyadan qurol sotib olishdan; Armiyadan Rossiya harbiy texnikalarini bosqichma-bosqich siqib chiqarishni; Shaxsiy tarkibni G‘arb jihozlarida o‘qitishni anglatadi.

«Boku Turkiya armiyasi va alyansning boshqa mamlakatlari harbiy idoralari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Ozarbayjon o‘z yerlarini ishg‘oldan ozod qilganidan beri o‘z asosiy maqsadiga erishdi», — dedi Ilhom Aliev NATO delegatsiyasi bilan uchrashuvda.

Avgust oyida — Rossiya bilan munosabatlar yomonlashgani fonida — Aliev Ozarbayjon har qanday vaqtda urushga tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan edi: 

«Agar kimningdir kasal boshiga Ozarbayjonga qarshi qandaydir provokatsiya qilish fikri kelsa, ular bundan pushaymon bo‘lishadi» dedi Ozarbayjon prezidenti.

Ayni paytda O‘zbekistonda ham armiyani zamonaviy NATO tizimiga oid qurollarga o‘tkazish imkoniyati ochiq. 

Hozirgi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy texnikasi asosan sobiq sovet va Rossiyada ishlab chiqarilgan bo‘lsada,  so‘nggi yillarda G‘arb davlatlari (AQSh) va Turkiya, Xitoy kabi boshqa mamlakatlarning zamonaviy texnikalari ham kiritilgan.

Jumladan o‘zbek armiyasi AQShning va Turkiyaning ko‘plab harbiy transportlariga ega. 

Germaniya (Bundesver)ning Termizdagi harbiy bazasi (2001-2015 yillar) NATOning tranzit nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan, biroq Bundesverning o‘zi O‘zbekistonga qancha miqdorda jangovar texnika qoldirgani haqida Eltuzda hozircha aniq rasmiy ma'lumotlar yo‘q.

Ayni paytda AQSh missiyasi tomonidan O‘zbekistonga taqdim etilgan harbiy texnikalar ro‘yxati rasman tasdiqlangan.

Jumladan Afg‘onistondagi NATO missiyasi tugaganidan so‘ng O‘zbekistonga asosan AQSh Qurolli Kuchlari tomonidan katta miqdorda turli harbiy texnikalar qoldirilgan.

Xususan Embraer 314, Super Tucano harbiy uchoqlari, PC-12, C-208, AC-208 transport vositalari, UH-60 Black Hawk, Mi17 MD 530 jangovor vertoletlari shular jumlasidan

2024 yilda AQShning O‘zbekistondagi elchisi harbiy texnikalarning katta qismi O‘zbekistonda qolishini rasman tasdiqlagan edi.

Tag‘in o‘qing
20 january 2020
Bosh vazir Abdulla Aripov 18 yanvar kuni 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ...
25 december 2019
Elektr energiyasi tanqisligi muammosi O‘zbekistonda 2019 yilda ham dolzarbligicha qoldi. Rassom Dumham Eltuz.com
21 november 2025
Olimboevalar oilasini chuv tushirgan bloger kuyov 9 yilga qamaldi Mirzo Ulug‘bek tuman sudida 1997 yilda Toshkentda tug‘ilgan, avval sudlanmagan ...
2 june 2022
Rossiya istilochilari tomonidan Samarqand bosib olingach, 1868 yilgi eng qonli janglar Zirabuloq tepaligini saqlab qolish uchun bo‘ldi. Biroq Rossiyaning zamonaviy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...