Anons
16 november 2025

Rossiyada O‘zbekistonning haydovchilik guvohnomasi tan olinmasligi mumkin 

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin migrantlarga yangi cheklovlar qo‘yilishi haqida gapirdi. Endi o‘zbekistonlik migrantlarning haydovchilik guvohnomalari tan olinmasligi mumkin.

Bundan buyon faqat rus tili davlat tili deb e'tirof etilgan davlatlarning haydovchilik guvohnomalari tan olinadi. Demak, Rossiya O‘zbekistonda rus tilini davlat tili sifatida tan olishimizni istaydi. Maqsad – til vositasida o‘z vassalarini belgilash. Rus tili O‘zbekistonda rasmiy maqomga ega bo‘lsagina hujjatlar masalasi yengillashadi. Demak, Rossiya o‘z tilini bosim quroliga aylantirdi.

Volodinga ko‘ra, hozirda Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston haydovchilik guvohnomalari Rossiyada cheklovsiz amal qiladi. Ushbu ro‘yxatga kirmagan davlatlar, xususan O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari esa endilikda Rossiya hududida haqiqiy kuchga ega bo‘lmasligi mumkin.

O‘zbekiston Rossiya qarshisida bo‘yin egib til vositasida Rossiya hukmronligini tan olmasa, fuqarolarimiz Rossiyada transport boshqarish uchun alohida tartibda imtihon topshirishga majbur bo‘ladi. Bu esa yuz minglab mehnat migrantlari uchun qo‘shimcha vaqt, mablag‘ va hujjat ishlari degani.

Hozir xat-savodi yaxshi, til ko‘nikmasi bor bo‘lgan ko‘plab o‘zbekistonliklar mehnat migratsiyasi uchun Janubiy Koreya, Yevropa ittifoqi, AQSh va Kanadaga yo‘l oladi. Bu mamlakatlarda maoshlar ancha yuqori, mehnat shart-sharoitlari yaxshi, inson huquqlari kafolatlangan. Rossiyada esa shovinizm urchigan, Rossiya jamiyati migrantlarga «uchinchi sort» kabi munosabatda bo‘ladi. Rossiyada yuz berayotgan millatchilik, haqorat va zo‘ravonlik holatlarining videolari kunda, kunora tarqaladi.

Rossiya migrantlarga shart-sharoit, Yevropa yoki rivojlangan Osiyo mamlakatlari kabi oylik, inson huquqlari ta'minotini kafolatlamaydi, buni aslo istamaydi.

Shu holiga migrantlarni qalqon qilib har safar O‘zbekistondan itoat talab qilishi 90 yillardagi «bratva» muomalasini eslatyapti. Rossiya hukumati O‘zbekistonga nisbatan talab va bosimni oshirgani sari o‘zining qanchalar alamzada, ojiz ekanini oshkor qilib qo‘yyapti.

Tag‘in o‘qing
9 february 2025
Aziz do‘stlarim, 2015 yildan beri meni tinglab tomosha qilgan muxlislar, Eltuz xabar va kontentlari kuniga yaragan mushtariylar.  2015 yildan ...
12 september 2016
Bosh Vazir Shavkat Mirziyoev o‘zining mushtumzo‘rligi bilan, shuningdek, Toshkentdagi aholi uy-joylarini, garajlarini buzish, poytaxt aholisini ommaviy tarzda shahar chekkasidagi ...
15 march 2018
Prezident Mirziyoev tanqidi ortidan 15 mart kuni «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga ...
16 march 2016
„Paxta kampaniyasi“ (The Sotton Sampaign) O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida odamlarni majburiy mehnatga jalb qilish hamon saqlanib qolayotgani xaqida Jaxon Bankini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...