UzPoster
21 november 2025

Zelenskiy AQShning tinchlik rejasini rad etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh tomonidan taklif qilingan tinchlik kelishuvini qabul qilmasligini ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z javobini ancha oldin — 2019 yil 20 mayda, ya'ni u mamlakatning mustaqilligi va suverenitetini himoya qilishga omma oldida va'da bergan paytdayoq olgan.

Bu bayonot Kievning Qo‘shma Shtatlarning ehtimoliy tinchlik tashabbuslariga nisbatan qat'iy va o‘zgarmas pozitsiyasini aks ettiradi.

Eslatib o‘tpamiz yaqinda prezident Donald Tramp tashabbusiga asoslangan tinchlik rejasining tafsilotlari OAVda paydo bo‘ldi. 28 banddan iboratligi aytilayotgan bu reja Ukraina va uning ittifoqchilari uchun jiddiy qarshiligiga sabab bo‘ldi, chunki u ko‘p jihatdan Rossiyaning talablarini aks ettirgan.

Asosiy e'tirozlarga sabab bo‘layotgan jihatlar Ukrainaning hududiy yaxlitligi va harbiy salohiyatiga doir talablardir.

Mazkur bitimga ko‘ra Ukrainaning Qrim yarimoroli, Lugansk va Donetsk viloyatlari amalda Rossiya hududlari sifatida tan olish talab qilinadi.

Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi chegaralar esa hozirgi to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab muzlatiladi. Bu esa Ukraina o‘z qo‘shinlarini hozirda nazoratida bo‘lgan Donetsk viloyatining bir qismidan olib chiqib ketishini anglatadi.

Ukraina Konstitutsiyasiga NATOga a'zo bo‘lmaslik to‘g‘risidagi qoida kiritilishi kerak. Alyans ham Ukrainani kelajakda qabul qilmaslikni qonuniy jihatdan belgilashi lozim. Ukraina hududida NATO qo‘shinlarini joylashtirish taqiqlanadi. Ukraina Qurolli Kuchlarining soni 600 ming kishi bilan cheklanadi (hozirda 800 mingdan ortiq).

Rossiyaga qarshi sanktsiyalar bekor qilinadi va Ukraina AESlariga Rossiyaning teng sherik egaligi kelishiladi.

Ukrainani qayta qurish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan (100 milliard AQSh dollari) foydalaniladi. Rossiya va AQSh o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolanadi.

OAV xabarlariga ko‘ra, bu rejani AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maslahatchisi Kirill Dmitriev Mayamidagi uchrashuvda birgalikda ishlab chiqqan. 

Xabarlarga ko‘ra, rejani tayyorlash jarayonida Yevropa ittifoqchilari va Ukrainaning o‘zi ishtirok etmagan. Kievga faqatgina uning umumiy konturlari ma'lum qilingan.

Ukraina rasmiylari bu takliflarni mamlakatning «taslim bo‘lishi» sifatida baholamoqda, chunki Kiev o‘z hududining bir qismidan voz kechishni Konstitutsiyaga xilof deb hisoblaydi va buni doimiy ravishda rad etib kelgan.

Yevropa diplomatlari ham ushbu rejaga shubha va xavotir bilan qaramoqda, uni «Rossiya uchun ulkan imtiyoz» deya atamoqda.

Tag‘in o‘qing
4 december 2023
Nihoyat O‘zbekistondagi qo‘shiq shinavandalari qalbini larzaga solayotgan shou tomoshalariga navbat yetib keldi – Eltuzning qattiq Iks faktori yoki X-Faktor pagonlarga ...
12 september 2024
Tepadagi bir-biriga o‘xshash ikki rasm dunëning ikki nuqtasida suratga olingan: Uyg‘ur xalki himoyachisi Rushan Abbos 2018 yili Xitoyda izsiz ...
12 february 2018
Toshkentdagi «Minor» masjidi imomi noibi 42 yoshli Abror Muxtor Aliga 10 fevral kuni ishdan bo‘shash uchun ariza ëzdirildi. «Eltuz» ...
8 january 2026
Bizga Biznes-Ombudsman tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga ham taqdimnoma va ogohlantirish berayotganligi haqida xabarlar kelib tushmoqda, maslahat berishni so‘rashmoqda. Bizning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...