Asosiy mavzular
14 december 2025

Camarqandda YPX og‘ir bemorni olib ketayotgan tez yordam mashinasini to‘xtatdi

Samarqand shahrida 12 dekabr kuni og‘ir ahvoldagi bemorni olib ketayotgan tez tibbiy yordam avtomobili YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgani Eltuzga ma'lum qilindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur harakat YPX boshlig‘i Obid Sharipov Obid buyrug‘i asosida amalga oshirilgan. Hodisa vaqtida YPX xodimi “buyruqni bajaryapman” deya izoh bergan. Uning ta'kidlashicha, IIB binosida yig‘ilish bo‘layotgani sababli tez tibbiy yordam mashinasida ovoz chiqargichdan foydalanmaslik talab qilingan.

Aholi e'tiroziga ko‘ra, bunday talab og‘ir bemor hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Chunki tez tibbiy yordam mashinalari sababsiz shoshilmaydi, har bir daqiqa inson hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vaziri Aziz Anvarovich va Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Aripov Tohirga murojaat qilingan. Murojaatda tez tibbiy yordam faoliyatiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ygan rahbarlar faoliyatiga huquqiy va xizmat tekshiruvi o‘tkazish so‘ralgan.

Jamoatchilik tez tibbiy yordam mashinalariga ustuvor yo‘l huquqi ta'minlanishi, inson hayoti har qanday ma'muriy tadbir yoki yig‘ilishdan ustun qo‘yilishi shartligini ta'kidlamoqda.

Tag‘in o‘qing
26 november 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
1 august 2018
«Talqonchi» non ushatishda davom etadi… O‘zbek mahbuslari uchun chaqimchi kameradosh bilan yashash qanday yoqimsiz… Sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon ...
6 november 2020
 Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi. Mana, hafta bir aylandi va yana ...
10 january 2020
2020 yil 8 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Chilonzor tumani sudida kollej o‘quvchilari Maqsud Qosimov va Azizbek ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...