Asosiy mavzular
15 december 2025

Farg‘onada xotinini tiriklayin yoqib yuborgan erkak 15 yilga qamaldi 

Farg‘ona viloyatida 36 yoshli erkak M.T. xotini Sh.T. ni kimsasiz joyga olib borib, urib, tiriklayin yoqib yuborgan. U buni xotinining xiyonati sabab qilganini iddao qilgan. 

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, erkak uzoq vaqt davomida rafiqasi bilan rashk tufayli janjallashib kelgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni soat 12:00 atrofida er-xotin o‘rtasida yana janjal kelib chiqqan. Ayblanuvchi ayolni uydan kuch bilan olib chiqib, Matiz avtomobiliga itarib yuborgan, shundan so‘ng bir litr benzin sotib olib, mashinaga olib kirgan.

U xotinini kimsasiz joyga olib chiqib, o‘z joniga qasd qilish niyati borligini aytib, onasi uchun video yozib berishini talab qila boshlagan. Rad javobini olgach, erkak jabrlanuvchini ayovsiz kaltaklagan, o‘zini esa o‘tkir jism bilan jarohatlangan. Shundan so‘ng ayolini  benzin sepib, yoqib yuborgan.  Jabrlanuvchi yonidan oqib o‘tayotgan daryoga o‘zini tashlab, qochishga uringan. Ayolni shu atrofda ishlayotgan dehqonlar ko‘rib qolishgan va uni suvdan chiqarib, yordam berishgan. Ammo kech edi. 

Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay, bir necha kundan so‘ng og‘ir kuyish oqibatida vafot etdi.

 Sud aybdor M.T ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada erkak xotini va ikki nafar yosh bolasini o‘ldirgandi. Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi. Buxoroda er xotinini rashkdan bug‘ib o‘ldirgan edi. Er 13 yil ozodlikdan mahrum etilgandi.

Tag‘in o‘qing
12 august 2019
“Eltuz” orqali prezident Shavkat Mirziyoevga ochiq murojaat bilan chiqqan “bir guruh ishsiz qilgan va ishlayotgan prokuratura xodimlari” hozir ham ...
3 february 2022
Shvetsiyadan qochqinlik maqomini olgan o‘zbek faoli Muhiddin Qurbonov 2 fevral kuni  saraton kasalligidan vafot etdi. Bu haqda Eltuzga xabar ...
18 october 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 36-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) L.A.N Meni yengolmadi ...
8 october 2015
Afg‘on-turkman chegarasidagi xavfsizlik, O‘zbekistonning yonilg‘i ehtiyojlari va Rossiyaning kun sayin tajovuzkor tus olayotgan geosiyosati Toshkent- Ashxobod muloqotida ko‘rilishi kutilgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...