Asosiy mavzular
19 december 2025

Qumqo‘rg‘onlik xotin mast erini belkurak bilan urib o‘ldirdi

Qumqo‘rg‘onda 38 yashar xotin G. O.  mast erini belkurak bilan urib o‘ldirdi. Erkak uydagi og‘ilxonada boqilgan uloqni sotib,  pulni ichib kayf qilib yuborgan. 

Xotin esa shu uloqni sotib puliga uch bolasi uchun zarur ust-bosh olmoqchi edi.

«Yo‘qchilik qursin.  2017 yilda turmush qurdik.  Erim g‘irt aroqxo‘r alkash chiqdi. Uch bolaning ehtiyojiga pul topay deb tinmay harakatdaman» – deydi ayol. 

Lekin uning eri uloqni sotib pulini ichib boshlagan.  Uch bolasini bozorga yetaklab borgan xotin erini shirakayf ahvolda ko‘rdi,  so‘ng indamay bolalari bilan ortiga qaytib ketdi. 

Uyga shirakayf qaytgan erini ko‘rgan xotin chidab turolmadi.  Orada janjal chiqib xotin hovlidagi belkurak bilan erning boshiga bir urib o‘ldirib qo‘ydi. 

Qumqo‘rg‘on tuman sudi uni 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Er go‘rda, xotin qamag‘da.

Tag‘in o‘qing
10 may 2016
Hafta boshida Eltuz.com Rossiya uchun chiqarilgan mashinalarni jamloqlarda saqlab qayta O‘zbekistonda sotilishiga oid jinoiy sxema fosh etilib, shirkat bosh ...
11 january 2026
Imtihon bo‘lyapti. Professor talabaga debdi: — Sizga bitta qiyin savol beraymi yoki o‘nta oson savolmi? Talaba: — Bitta qiyin ...
9 february 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimligi binosida o‘tgan viloyat faollari yig‘ilishida ko‘plab MXX ...
25 october 2017
Ijtimoiy tarmoqda Alisher Usmonovdan bir million rubl mukofot so‘ragan o‘zbekning videosi ovoza bo‘ldi. Videoda o‘zining oddiy bir ishchi ekanini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...