Catira
19 january 2026

Kun latifasi: Qish kunlarining birida…

Qishning anomal sovuq bir kunida katta bir amaldor deputat chekka bir qishloqqa borib, yurt qashshoqlari bilan uchrashib, ularga maqtana ketibdi. Biz Xalq uchun hamma sharoitni yaratamiz! Raketalarimiz koinotni zabt qiladi, Amerikadan yuz millionga samoletlar, vertoletlar sotib olamiz, Shovvozsoyda akvadiskoteka, Samarqandda zamburug‘simon villa, Xivada lyuks hammomli, unitazi tilladan qilingan otel quriladi!

Shunda bir oqsoqol g‘azablanib qichqira boshlabdi: — Oltin unitazing o‘zingga siylov, qishloqqa svet bilan gaz qachon keladi?

Amaldor bir oz o‘ylanib turib, sherigiga qarab debdi: — Mana ko‘rdingmi? Xalqimizning dunyoqarashi shunaqa tor! Biz Oyga chiqishni reja qilyapmiz, bular bo‘lsa haliyam o‘sha o‘tgan asrdayoq ko‘tarasiga chetga sotib yuborilgan gaz bilan svetni o‘ylab yurishibdi!

Tag‘in o‘qing
4 october 2019
Kechgan haftada o‘qituvchi va ustozlar bayram qildi. Agar mendan ustozing kim deyishsa, hech ikkilanmay Mahmudxo‘ja Behbudiy degan bo‘lar edim. ...
21 december 2017
18 dekabr kuni Open Source Investigations (OSI) guruhi O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov oilasiga tegishli ko‘chmas mulklarga oid maqolani ...
6 january 2020
AOKA bloger va jurnalistlarni sotib olishi emas, huquqiy qo‘llab-quvvatlashi zarur. Uning bayonotlari juda kulgili. Vakolatlari bizni himoya qilishga yetmas ...
10 may 2017
Andijon viloyatidagi tuman maktablari xodimlari yo‘l bo‘yida joylashgan aholi xonadonlarini tozalashga biriktirilgan. O‘qituvchilarning ma'lumot berishicha, bu yumushlarning barchasi xokimiyat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...