Document UZ
14 july 2025

QARShI DAVLAT TYeXNIKA UNIVYeRSITYeTI QULOG‘IGAChA QARZGA BOTDI

Qarshi Davlat texnika universiteti 2025 yil 8-12-aprel sanalarida «Somfort makon» MChJ bilan shartnoma tuzib, tovarlarni to‘liq qabul qilib oldi. Lekin universitet «olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim» qabilida qarzini to‘lashdan bosh tortmoqda.

Harid Davlat xizmatlari elektron tizimi orqali rasmiylashtirilgan – 150 metr kvadrat jalyuzi pardalari va 18 dona yuqori konfiguratsiyali superkompyuterlar. Ushbu tovarlar 12 aprel kuni universitetga yetkazib berilgan.

Biroq 14-aprel kuni universitet rahbariyati tarkibida o‘zgarish bo‘ldi. Universitet shu bahona bilan to‘lovni paysalga solib kelmoqda. 

19-mayda tadbirkor S.Xo‘jamurodov universitet bilan yana bir bor shartnoma tuzib mahsulot yetkazib berdi. Biroq bu tovarning puli ham hali to‘lanmagan. Universitet «Comfort makon» va «Tovar tamir taminot» MChJdan umumiy qiymatda 8 milliard so‘mlik tovar sotib olgan. Ikki kompaniya bir tadbirkorga tegishli. Tadbirkor S.Xo‘jamurodov universitet rahbariyatiga bir necha marta murojaat qilgan. 

«Sen tovarni eski rahbariyatga bergansan. O‘sha eski rahbariyat pulingni to‘lab bersin» – Qarshi Davlat texnika universiteti  tadbirkorga shunday javobni ravo ko‘rgan.

Universitet rahbariyati yetkazib berilgan tovarlarni qaytarish haqida ham o‘ylamayapti. Qarz to‘lanmagan, lekin  kompyuterlardan faol foydalanishmoqda. 

«Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Aloviddin Zayniddinovga, bosh hisobchi G‘anisher Nabievga murojaat qildim. Lekin ular nazarimda qandaydir moddiy manfaat olishdan umidvor. Hujjatlar, schyot fakturalarni qaytarib yuborishyapti. Klaviaturada to‘g‘ri kelgan harflarni bosib rad etib yuborishyapti» – deydi tadbirkor.

Na 8 milliard qarzini to‘lamasa, na tovarni qaytarmasa – Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyatining qaroqchi to‘dadan nima farqi bor?

Tag‘in o‘qing
28 january 2019
26 yanvar kuni Yangiobod turbazasi rahbari Ali To‘xtaevga Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 23 yanvarda chiqargan 42-qaror asosida Toshkent viloyati ...
13 december 2021
Qashqadarë viloyatida joylashgan Shayxali qamoqxonasida nozir bo‘lib ishlagan 38 yoshli G‘affor Akmalov jazoni ijro qilish tizimlaridan nohaq bo‘shatilganidan shikoyat ...
3 november 2017
1 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp grin-kart lotereyasini bekor qilishga chaqirdi. Nyu-Yorkda terrorchilik hujumini amalga oshirgan O‘zbekiston vatandoshi ...
15 october 2018
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudida 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan apellyatsiya mahkamasi aka-uka dindorlar – 56 yashar Abrol ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...