ART-DURBIN
20 september 2016

Karimovning o‘limi hukumatning paxta siyosatiga ta'sir qilmadi

03a
Rasm muallifi: I.V. Kaydalov, 50-yillar

O‘zbekistonda prezident Karimov ma'rakalari tugashi bilanoq aholini paxta dalalariga ommaviy safarbar qilish boshlandi. Birinchilardan bo‘lib, 7-8 sentyabr kunlari, paxta terimiga mamlakat oliy o‘quv yurtlari talabalari jo‘natildi, bir necha kun o‘tmay, ayni taqdir davlat muassasalari xodimlari peshanasiga ham yozildi.

Vatanparvarlik kayfiyatidagi imomlar an'anaviy tarzda dindorlarga murojaat etib, hosilni yig‘ib olishda Vatanga yordam berishlarini so‘rashdi.

Shu kunlarda, paxtadan qolishga hech bir chorasi yo‘q turli kasb egalari, itoatkorlik bilan avtobuslarga chiqishadi va ular sergak militsionerlar nazorati ostida kolonnalarga saflantirilib paxta dalalariga olib chiqiladi.

01
Rasm muallifi: I.V. Kaydalov

O‘ta qaysar va dangasa vatandoshlar uchun, har holda 50-150 dollar atrofida o‘lpon to‘lash bilan, paxta qulligidan ozod bo‘lish imkoni ham bor.

Xalqaro tashkilotlarning majburiy mehnat borasidagi tanqidlariga javoban O‘zbekiston hukumati, turli kasb egalarining, ular tish doktorlari yoki neyrojarrohlar bo‘lsin, paxta terimiga ko‘ngilli tarzda, qo‘shimcha pul topish uchun chiqishayotganini aytishadi.

Ayni kunlarda, paxta dalalariga, fuqarolar bilan gaplashib, haqiqatan ham bu gaplarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun, Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakillari ham oralagan.

Faqat, o‘rtoq paxtakorlarning mamlakat raxbariyatiga pand berib qo‘ymasliklaridan, joylardagi turli tekshiruvchilarga to‘g‘ri javoblar berilishidan umidvor bo‘lish qoladi.

O‘zbekistonliklar boshlari ustidagi musaffo osmonni qadrlashadi, axir paxta ko‘ngilli ravishda terib olinsa, har tarafdan ularga turli ekstremistlar hujum qilishi mumkin.

Bizga tag‘in sovet davri nashrlaridagi, umumxalq kuchi bilangina terib olish mumkin bo‘lgan paxtani sharaflovchi rasmlar va she'rlardan zavq olish qoladi.

02a
Quddus Muhammadiy she'riy to‘plamidan. 1978 yil, illyustratsiya N. Agapov

Akmal Rizaev,
O‘zbekistonlik muallif tahallusi,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 september 2015
Bundan ilgari Eltuz Inson huquqlari Alyansi yetakchisi Yelena Urlaeva bilan mustaqil jurnalist Malohat Eshonqulovaning Guliston shahrida ikki nafar ichki ...
8 august 2020
Britaniyaning Hertfordshire Press nashriyoti keng o‘quvchilar e'tiboriga o‘zbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Rangin ko‘zyoshlar” deb nomlangan she'riy to‘plamini taqdim etdi. ...
15 april 2019
«Xalqaro amnistiya» (Amnesty International) tashkiloti 10 aprel kuni qamoqda saqlanayotgan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori 67 yashar Rashid Qodirovning qiynoqlarga ...
29 may 2017
Ikki yildan beri Istanbulda yashab kelgan O‘zbekiston vatandoshi Shahnoza. K o‘zi bilan bir uyda istiqomat qiladigan ukasi 24 yashar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...