ART-DURBIN
28 september 2016

O‘zbekistonning paxtakor rassomlari

Sovet O‘zbekistoni paytida oddiy rasssomlar paxta tergan bo‘lishsa, katta rassomlar paxtakorlar suvratini chizishgan.

SSSR davridagi paxta safarbarligi oddiy odamlar qatorida ijodiy soha zahmatkashlarini ham qamrab olar edi.

Paxta bo‘yinturug‘i ijodkor bo‘yniga ham ilingan edi.

Rassomlik instituti va badiiy bilim yurt talaba va pedagoglari kuz paytida paxta terishga haydab ketilardi.

Rangtasvir korchalonlari va rassom otaxonlar bo‘lsa yeng shimarib paxtazor qahramonlarini moy bo‘ëqlarla matoga chizib, paxtakorning sharafli mehnatini tarannum qilishardi.

Paxtakorlar faloninchi millionni sovet tarozisiga qo‘yarkan, o‘zbek rassomi kumush xirmon yaratgan oq oltin ijodkorlari haqidagi rasmlarini ko‘rgazma zaliga ilishardi.

Odatda qish rutubatida bo‘ladigan bu taxlit ko‘rgazmalar tushkun va odamni yuragini siquvchi zaxil manzara kasb qilardi.

Bu ko‘rgazmalarda tuzuk-quruq tasviriy san'at namunasini ko‘rish amri-mahol edi. Paxta qaxramonlari aks etgan rasmlarda rassomning zo‘riqib, kuchanib o‘zi istamasdan mo‘yqalam tutgani bilinib turardi.

Badiiy fond gonorari evaziga chiziladigan bu yanglig‘ buyurtma suratlarni chizgan rassom samimiy va yurakdan chiqqan tuyg‘uni emas, davlat va partiya istagini yeriga yetirardi.

San'at falsh va qaramlikni hazm qila olmaydi. Shu bois tomoshabin ko‘rgazma zallarida o‘rtamiëna rangtasvirli xolstning yuzlab kilometrlarini ko‘rishga mahkum, ayni paytda bu konkret davlat buyurtmasi edi.

O‘zbekiston SSR rassomlar uyushmasining har bir ko‘rgazmasi paxta yetishtirishning qaxramonlarcha mujodalasini aks ettirmog‘i vojib edi.

O‘zbek rassomlari turli davrlarda o‘zlaridan paxta merosini qoldirishdi. Paxtakorlik san'ati deya atasak insofdan bo‘ladi bu merosni.

Kelajakda mamlakatda normal madaniy va san'at haëti yo‘lga tushsa hamda professional ko‘rgazma biznesi yo‘lga qo‘yilsa, balki paxtaga bag‘ishlangan kontseptual proektlarni ko‘rish bizga nasib qilar.

Hozircha turli yillarda O‘zbekistonning yetakchi rassomlari paxta kabi murakkab mavzuni o‘z asarlarida qanday aks ettirdilar deya, ular chizgan rasmlarga razm solamiz.

1arinin-m-old-cotton-growers-1940
Arinin. M. «Keksa paxtakor» 1940
2benkov_pavel
«Qizlar paxta dalasida». P.P. Benkov (1879-1949).
3burmakin-vladimir-sbor-hlopka-1966
Burmakin Vladimir, «Paxta terimida» 1966
4-inogamov-z
Zokir Inog‘omov, «Paxtani mashinada terish» 1960 y.
5-kovinin-v
Kovinin Valeriy Mixaylovich «Paxtada» 1968 y.
6-taldykiny
Yuriy Ivanovich Taldikin «Paxta terimida» 1960 y.

7-petrov-v
Petrov Vladimir «Ulkan paxta xirmoni» 1960 y.
8-%d0%b0%d0%bb%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%b0%d0%bd%d0%b4%d1%80-%d0%b2%d0%be%d0%bb%d0%ba%d0%be%d0%b2-%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%b1%d0%be%d1%80%d0%b5-%d1%85%d0%bb%d0%be%d0%bf%d0%ba%d0%b0-1931-%d0%b3
Aleksandr Volkov «Paxta terimida» 1931
9-petrov-v-1
Petrov Vladimir «Toshkentlik talabalar paxta terimida» 1966 y.

 

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 september 2023
Islom Karimov avgustdagi putch va O‘zbekiston mustaqilligi deklaratsiyasini qabul qilganidan keyin ham SSSR tarafdori bo‘lib qolgan. Ayni ikki voqeadan ...
13 april 2022
Ukraina mojarosi haqida o‘qiyverib, bir qiziq voqea esimga keldi. Ancha yillar oldin bir tilshunoslar forumida ukrain tilidagi bir yo‘l ...
26 september 2015
Nafaqat ko‘rganlar, bizga o‘xshab ko‘ra olmaganlar ham eshitib og‘zimiz ochilib qoldi. O‘sha ko‘rsatuvda bir guruh o‘zbek bolalari .., ha-ya ...
9 february 2016
9 fevral kuni Shvetsiyada taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovga suiqasdda urinishda ayblangan Yuriy Jukovskiyga chiqarilgan hukmga nisbatan appelyatsiya mahkamasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...