ART-DURBIN
15 december 2016

Krikis – imkoniyatlar reabilitatsiyasi

So‘nggi haftalarda Urganch suratlar galereyasidagi sirli taftish asnosida ëqilishga mahkum ikki dissident rassom asarlari matbuotga mavzu bo‘ldi. Agar diqqat qilgan bo‘lsangiz bu sirli taftishda rassom Andrey Krikisning “To‘qimachilar” degan moy-bo‘ëq asarining galereya hazinasidan izsiz yo‘qolgani ham yuzaga chiqqanligini ko‘ramiz.

Andrey Krikis «Amazonka», 1993 yil.

Har holda Urganch mulozimlari taniqli rassom Viktor Gan mo‘yqalamiga mansub mashxur asarni vayron qilgani inobatga olinsa, Andrey Krikis asari ham qaysidir mulozim ta'biga ëqmagani uchun yo‘q qilinmaganiga kafolat bormi?

Andrey Krikis, «Amaninaning tavalludi» 1992 yil

Zotan Andrey Krikis dissident edi. U Samarqand muzeyidagi atoqli sovet rassomining sotsialistik realizm uslubidagi asari o‘rniga o‘zining g‘arb-abstraktsionizmi ruhidagi asarini osib, o‘sha davr mulozimlari asablarini qaqshatib huzur olgan edi.

Andrey Krikis, «Afsona» 1992 yil

Rassom G‘ayrat Qo‘ziboevning ishonishicha, Andrey Krikis O‘zbekistondagi ilk abstarktsionist rassomdir.

Andrey Krikis «Arava» 1993 yil

Lekin Andreydan ancha oldin Hikmat G‘ulomov va Konstantin Titovlar ham abstarkt uslubda ijod qilishgan. San'at bilimdonlari Kuka deb ulug‘laydigan rassom Hikmat G‘ulomovning ikkita asarigina Urganch muzeyida saqlanib qoldi. Ammo bugungi mavzu Andrey Krikis haqida.

Andrey Krikis «Danaya»

Krikisni shartli ravishda tirikligida e'tirof qilingan ilk abstrakt rassom desak aniq bo‘ladi. Bunga ko‘p omillar sabab bo‘ldi. Birinchidan Gorbachev erkinligining sharofati edi bu.

Andrey Krikis «Mo‘yqalamning yetti zarbasi»

Rassomlik bo‘yicha oliy ta'lim olmagan Andrey Krikis Gorbachevgacha bo‘lgan davrda ham, bugungi davrda ham e'tirof topmagan bo‘lardi. U faqat erkin sharoitda gullaydigan agava daraxti kabi Gorbachev davrida chechak ochdi. Andrey rassom bo‘lish uchun mulozimning izni ëki litsenziyasi zarur emasligini o‘z o‘rnagi bilan ko‘rsatdi.

Andrey Krikis «It va ayol»

1986 yili Andrey Krikis Toshkentdagi Ilhom teatri ko‘rgazmalar zalida ochgan ko‘rgazmasini «Imkoniyatlar reabilitatsiyasi» deya atadi. Sovet davri mazlumlari reabilitatsiya qilinaëtgan tazarru davri edi bu. Krikis o‘z ichidagi bostirilgan imkoniyatlarini zindondan ozod ayladi.

Andrey Krikis «Muqarrar fusunkorlik»

Andrey Krikis samarqandlik taniqli arxeolog olimning farzandi edi. Krikis jisman o‘zi tug‘ilgan bu qadim tuproqni sevar edi.

Shu bois qayta-qurish davrida sovet imperiyasining tambasi tushirilgan eshiklari ostonasini hatlab mamlakatdan ketmadi. U qadim Samarqand vatanparvari edi.
Krikis Samarqandda tug‘ildi va 44 ëshida Samarqandda o‘ldi.


Akmal Rizaev

O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

 

Tag‘in o‘qing
7 january 2026
2025 yil 28 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida kelinchakning qaynotasi va boshqa qarindoshlari oilaviy nizoni tinch yo‘l bilan ...
18 june 2021
«Eltuz» jurnalist Shohida To‘laganovaning Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi bilan bog‘liq surishtiruv filmini taqdim etadi
16 november 2023
14 noyabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tizimda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nuqt ...
13 june 2016
Sammitga hali ikki hafta vaqt borligiga qaramay, masjidlarga va boshqa jamoat idoralariga, odamlar maxsus metall skaneri orqali tekshirilgan holda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...