Asosiy mavzular
25 may 2024

25 may – Yo‘qolgan bolalar xalqaro kuni

2010 yilda 25 may sanasi National Center for Missing and Exploited Children – NCMEC tashkiloti tashabbusi bilan Yo‘qolgan bolalar xalqaro kuni sifatida belgilangan.

Bolalar jamiyatning himoyaga eng muhtoj, eng zaif qatlami sanaladi. Odam savdosi va inson a'zolari noqonuniy transplantatsiyasi bilan bog‘liq jinoyat bolalarni ham o‘z domiga tortayotgani esa eng dahshatli hodisadir.

O‘zbekistonda bolalar yo‘qolmaydimi?

Shu paytgacha O‘zbekistonda yo‘qolgan bolalar soni to‘g‘risida rasmiy ma'lumotlar yo‘q. O‘zbek matbuotida bola yo‘qolganiga oid e'lon berilgach, bolaning keyingi taqdirini surishtirish an'anasi ham tajribada deyarli qo‘llanilmaydi.

Biroq keyingi kunlarda bolalarning yo‘qolishi va undan ham dahshatli voqealar tez-tez quloqqa chalinmoqda. Masalan, 2018 yilning martida Quvasoy ichki ishlar bo‘limi 2 yashar Muhammadsodiq No‘'monjonovning yo‘qolgani haqida xabar bergan edi.

2019 yilning fevralida esa Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 5 yashar Kibriyoxon ismli qizcha o‘g‘irlangan, keyinchalik uning jonsiz jasadi u boradigan bog‘chadan 8 kilometr naridagi Oqbo‘yra qishlog‘idan topilgan edi.

rasm1472Internetdagi qidiruv tizimlari orqali shunday e'lonlarning biri 2016 yilning 10 aprelida chop etilgan ekan.

DIQQAT, OGOH BO’LING!!! Hurmatli do’stlar, sizlar quyida ko’rib turgan shiringina qizaloq Andijon viloyati Asaka shfhrida istiqomat qilar edi. Endigina 1-sinfga qadam qo’ygan edi. Kimlardir tomonidan o’g’irlab ketilgan yoki bedarak yo’qolgan. Kimda kim shu qizaloqni ko’rgan yoki qanaqadir shunga o’shash ma’lumotga ega bo’lsa, rasm tagidagi telefon raqamiga yoki yaqin o’rtadagi ichki ishlar bo’limiga xabar berishlari so’raladi. Qadrdonlar bir birimizga e’tiborli bo’laylik, zero har bir bola bizning farzandlarimiz, bizning kelajagimiz. (foto)

Bu qizaloq haqida deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi.

Biroq Asaka shahridagi 55-maktabining 1-sinfda ta'lim olgan va 6 aprel kuni maktabdan chiqib ketib uyiga bormagan Yoqutxon Rustamjonovaning taqdiri haligacha noma'lum.

2015 yilning sentyabr oyida esa Eltuz.com Andijon viloyatining Marhamat tumanida 1-sinfning ikki o‘quvchisi “Neksiya” avtomobilida olib qochib ketilganligini xabar qilgan edi.

Shuningdek, 2015 yilning mart oyida Andijon viloyati Shahrixon tumanida 8 yashar Nodirbek Yo‘ldoshev bedarak yo‘qolgani haqida xabar tarqalgandi.

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ham Shohro‘z ismli bola yo‘qolib qolganligi  haqida “Ozodlik” radiosi ichki ishlar boshqarmasidan iqtibos keltirib xabar berdi.

rasm718
Eltuz.com nashri ilgari ham o‘z bolalarini sotishga urinish illatini qoralab chiqqan edi.

Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi ikki yoshli So‘g‘diyona Salimova ham yo‘qolgan bolalar ro‘yxatiga tushgan.

Bundan tashqari, Toshkent shahrining Sergeli dahasida ham yo‘qolgan bola haqidagi ma'lumotlar  ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p bahs-munozaraga sabab bo‘ldi.

Buxoroning Kogon tumanida 11 yashar qizaloqning jasadi topilganligi haqida ham xabarlar berilgan.

Bu hodisa Buxoroda “bolalarni ichki a'zolarini olib-sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy to‘da paydo bo‘lganligi haqida”gi mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Bular keyingi ikki-uch yilda O‘zbekistonda yo‘qolgan bolalar haqidagi ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan xabarlarning ayrimlari, xolos. Biz O‘zbekistonda yo‘qolgan bolalarning keyingi taqdiri haqida hech narsa bilmaymiz, aslida mamlakatda yo‘qolgan va yo‘qolayotgan bolalar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

Nasima Davron qizi >
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 march 2017
Prezident Mirziyoev 2016 yilning 5 oktyabrida chiqargan farmoni joriy yilning 1 yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan rejadan tashqari har qanday ...
16 august 2018
2016 yil fevralida ovqatlanish madaniyatini sog‘lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida shakllantirishga qaratilgan «To‘g‘ri ovqatlanish darslari» dasturi doirasida ...
8 february 2021
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi Bog‘ishamol qishlog‘iga hali-hamon XXI asr shabadasi yetib borganicha yo‘q. Elektr energiyasi, gaz bir yonib, bir ...
10 july 2025
Toshkent shahar Bandlik boshqarmasi va unga qarashli tuman bo‘limlarida ishlayotgan ba'zi rahbarlar o‘z ish joyida himoyasiz qolganini, poraxo‘rlik va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...