Asosiy mavzular
22 june 2016

Istanbulda o‘zbek imomini o‘ldirganlar ustidan hukm o‘qildi

Istanbulning Baqirko‘y tumanidagi sakkizinchi og‘ir jazo mahkamasida davom etaëtgan sud jaraënida qotillik tashkilotchisi deya ko‘rilgan Sobir Shukurov va qatlni ijro qilgan Eldar Aslon aybli deb topilib ularning har biriga 30 yildan qamoq jazosi berildi.

Bu ma'lumotni Baqirko‘y mahkamasi matbuot hizmati Eltuz.Com muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.

Istanbuldagi terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining gumon qilishicha, Sobir Shukurov O‘zbekiston xavfsizlik tizimlarida ishlagan bo‘lishi mumkin.

Mahkama so‘ngida mahkumlarga so‘ng so‘z berildi. Qatl tashkilotchisi deya ayblangan Sobir Shukurov o‘zining aybsizligini ta'kidladi:

«Men yaxshi bir oila sohibiman, doimo qonun-qoidalarga rioya qilib yashadim. Ammo dalil va isbotsiz qo‘lga olindim. Men aybsizman va mahkama qarori qayta ko‘rilishini talab qilaman», dedi mahkum Sobirov.

Ayni paytda sakkizinchi og‘ir jazo mahkamasi hakami mahkumning shikoyatini e'tiborsiz qoldirib “hukmning qat'iyligi”ni ochiqladi.

Andijonning Shahrixon tumanida tug‘ilgan 39 yashar imom Mirzag‘olib Latifovich Hamidov 2014 yil oxirida Istanbulda otib o‘ldirilgan edi.

Shu yilning boshida Shved mahkamasi taniqli o‘zbek imomi Obid Qori Nazarov joniga qasd qilgan boshqa bir toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyni umrbod jazoga hukm qilingan edi. 57 yoshli imom bundan to‘rt yil burun, 2012 yilning fevralida Stromsund shahridagi uyi yaqinida otib ketilgandi. Tergov ildizi Turkiyadan topilgan yana bir o‘zbek killeri Ulug‘bek Aminov (Rossiya pasporti bo‘yicha Tigryan Kaplan) shaxsini fosh qilgan, Shved prokurori Peterson, bu ish o‘zbek rejimiga taalluqli ekanini bildirgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 january 2019
Prezident Mirziyoev mamlakatning xorijda muzlatilgan korruptsiya pullarini qaytarish va chet el sarmoyasi kiritishga jahd qilarkan, tag‘in O‘zbekistonning oldingi prezidenti ...
14 november 2025
Gulnor xayolga o‘xshagan bu g‘aroyib yerga qanday kelib qolganini tushunolmay garang edi. Bo‘ri uvlashi, yashil ko‘zlar va kulrang yollarni ...
1 november 2018
Prezident Mirziyoevning farmoniga ko‘ra, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda cho‘chqa go‘shti va yog‘i eksport qilishdagi cheklovlar olib tashlandi. ...
5 october 2023
Bundan 85 yil avval qonli bir tun bo‘ldi… «4 oktyabrdan 5 oktyabrga o‘tar kechasi, hamma uxlagan vaqtda Fitrat, Abdulla ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...