Asosiy mavzular
31 august 2016

Maktab direktorlari bankka naqd pul qo‘yishga majburlanyapti

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan pensionerlarga pensiya pullarini berish uchun maktab direktorlariga “Agrobank»ka 100 ming so‘mdan omonat mablag‘i qo‘yish talab etilmoqda.

  • Tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri dastlab bizga “Agrobank»ka borib, keksa, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlarni tuman hokimi nomidan tabriklash uchun 100 ming so‘mdan plastik kartadan bo‘lsa ham pul to‘lab kelishga buyruq berdi, – dedi maktab direktorlaridan biri. – Bankka kelsak, u yerdagilar tumanda naqd pul yo‘qligi sababli pensionerlarga pensiya pullarini vaqtida berish maqsadida tuman hokimi shunday qaror chiqarganini aytishdi. Faqat qandaydir hisob raqamiga plastik orqali emas, balki 100 ming so‘m naqd to‘layotgan odam o‘z nomiga omonat mablag‘i ochar ekan. Pensionerlar pensiya pulini olib bo‘lgach, omonatlarimiz qaytarib berilar ekan. Maktab rahbari bo‘lsak-da, bizda ham naqd pul yo‘q. Plastigimizdagi mablag‘larni hozirgi kunda ba'zi “ishbilarmon”, “hojatbaror” lar 18 foiz ustama evaziga naqdlashtirib bermoqda.

«Eltuz» muxbiri bank xodimi bilan gaplashganida u bu haqdagi ma'lumotni tasdiqladi. Bu holat qachongacha davom etadi, degan savolga xodim yelka qisishdan nariga o‘ta olmadi.

«Eltuz» muxbiri bu holat viloyatning barcha tumanlariga taalluqlimi yoki faqat Uchko‘prik tumanida kuzatilyaptimi, degan savolga javob topish uchun “Agrobank»ning viloyatdagi filiallari bilan bog‘lanishga harakat qildi. Ammo bankning na viloyat filiali, na Oltiariq va Qo‘qon filiallaridagi telefonlarga qilingan qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermadi.

Nasima Davron qizi

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 june 2025
2025 yil 19 iyun kuni kechqurun Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Yangiobod mahallasi hokim yordamchisi Samadov Farrux pichoqlab o‘ldirildi. Uning ...
31 august 2018
Toshkentning Shayontovur tuman Ma'muriy sudi, 30 avgust kuni taniqli huquq himoyachisi, 67 yashar, A'zam Turg‘unovni «hokimiyatga bo‘ysunmaganlik»da ayblab bir ...
30 november 2024
Kishilik tarixi temir ixtiro qilinganiden keyin dev qadamlar bilan rivojlandi. Bugun oëqda muhtasham turgan Britaniya va Amerika kabi davlatlarlar ...
13 may 2016
Andijon voqealaridan 11 yil o‘tib, Amerika Qo‘shma shtatlari, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini javobgarlikka tortish talablarini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...