Asosiy mavzular
28 september 2016

Omon Aziz: «Rauf men uchun bir maloik kabi edi…»

O‘zbek xalqining buyuk shoiri Rauf Parfi 1943 yilning 27 sentyabrida tug‘ilgan edi. Ushbu sana munosabati bilan uning yaqin do‘stlaridan biri kandakor Omon Aziz bilan suhbatlashdik.

Qudrat Bobojon: Rauf akaning eng yaqin do‘stlaridan biri edingiz, rahmatlik… Keyin siz haqingizda ham she'ri bor edi «Kandakorlar» degan eslaysizmi…

O‘ltirishar ikki jununvash,
Ikki jahon bilmagan jahon —

omon
Rauf Parfining yaqin do‘stlaridan biri, kandakor Omon Aziz

Ikki shoir ma'yus, xayolkash,
O‘rtalikda olov — Turkiston.

Mangu yonar lahzalik otash,
Qotib qolgan xayol bepoyon:
Asriy hasrat, yurakdagi tosh,
Bir lahzalik shodlik namoyon.

Titrar olam bir parishonhol,
To‘rt tarafda zulmatdir g‘arib,
To‘rt tarafni go‘yo bosmish yov.
Kelajakka yog‘dirar savol,

Go‘yo tunda imkon axtarib
Chorlar misda muzlagan olov.

Omon Aziz: …o‘sha misgarlik ishi hozir ham muzeyda saqlangan bo‘lsa kerak. O‘rtada bosqon, bir chol bilan o‘spirin yigit aks etgandi. Olov. Shunday bir kompozitsiya ustida ishlayotgandim. O‘shandan Rauf ta'sirlanib, o‘rtadagi olov Turkiston deb o‘zgartirgandi Alloh rahmat qilsin. (Tsenzura buni nashrda «siyohdon» deya ifodalagan, tahr.)

Biz hamma vaqt ham do‘stmiz, do‘st edik, men uning ruhi bilan ham hozirgacha do‘stman.

Qudrat Bobojon: Siz qanday fikrlaysiz, O‘zbekistondagi bugungi kun madaniyati bilan, o‘sha davr o‘rtasida qanday farq bor?

Omon Aziz: Manimcha Rauf Parfi bilan bizning do‘stligimiz davrida bir birovga mehr oqibat degan narsalar ko‘proq edi. Bugun, bilmadim, menimcha millatimiz battarroq, tushkunroq ahvolda bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Chunki, bu hammasi iqtisod bilan ham bog‘liqda. Xalq iqtisodga ega bo‘lmaganidan keyin uni quvnoq, zafartalab fikrlari, ongi bo‘lmaydi. O‘sha millatni, o‘sha xalqni, o‘sha respublika aholisini. Hozir nihoyatda tushkunlik…

Qudrat Bobojon: Ma'naviyatning mana shunday to‘zishi qaergacha boradi deb o‘ylaysiz?

Omon Aziz: Yo‘q, men ishonamanki… Bu hozir «qaergacha boradi» emas. Borib bo‘lgan hozir, endi boradigan joyi yo‘q. «Buzoqning yugurgani og‘ilxonagacha» degan gapday. Bizni shu ahvolga solganlarning o‘zini ahvoli ham hozir unday yaxshi emas.

Qudrat Bobojon: Bugun ustoz Rauf Parfining tavallud kunlari ekan. U kishi haqida so‘nggi tilaklaringizni eshitmoqchi edim.

Omon Aziz: So‘nggi so‘zlarim… Rauf Parfini men bir go‘yo maloikday, farishtaday bilardim. Bu juda toza, sokin, sabrli Inson edi. Endi men avval qanday fikrda bo‘lsam, hozirgacha ham shunday. Hatto Rauf mendan arazlab yurgan paytlarida ham men unga hurmat bilan munosabatda bo‘lganman.

Qudrat Bobojon: Suhbatingiz uchun katta tashakkur, bugun yana ustozni esladik. Sizning intervyuingiz eltuz.com nashri uchun edi. Menimcha sizning yangi tinglovchilaringiz bo‘ladi bu saytda. Yangi hamkorlik va suhbatlaringizni kutib qolamiz.

Omon Aziz: Rahmat Qudratjon, men siz bilan so‘zlashib, tanishganimdan hursandman.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 december 2018
“O‘z gazingni o‘zgaga berib, tappi yoqqan o‘zbegim”, deya sovet davrini yomonlagan xalqimiz o‘zining zamonaviy tarixida ham gazga yolchimayapti. O‘zbekistonda ...
18 march 2019
Yakutsk shahrida mahalliy ayolning zo‘rlangani haqidagi xabardan so‘ng, 17 mart kuni kechqurun o‘rta osiyolik migrantlarga qarshi stixiyali norozilik mitingi ...
24 april 2023
Joriy yilning 13 parel kuni yuz bergan Eltuzda yoritilgan xolat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Eltuzning telegram kanalida Madina Ismoilova ...
2 september 2022
Bundan 31 yil oldin O‘zbekistonning oz sonli intelegentsiyasi mustaqillik tarafdori edi. Aksar avom esa, qachon aroq yana arzon bo‘lar, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...