Asosiy mavzular
7 november 2016

Abdulla Oripovning dafn marosimi payshanbaga qoldirildi (yangilangan)

Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga oldin rejalangani kabi seshanba kuni xam, keyinchalik qoldirilgani kabi chorshanba kuni xam emas, balki payshanba kuni dafn qilinishi mo‘ljallanayotgani bildirildi.

«Shoir jasadi solingan temir tobut kechikdi. Tobut Texasdan Nyu-Yorkka, Nyu-Yorkdan Moskvaga keltiriladi. Chorshanba kuni prezident uchog‘i Moskvaga borib Oripovni tobutini yuklab qaytadi», degan edi bundan ilgari eltuz.com manbaci.

Keyin esa, xali xam tobut Amerikadan yetib kelmagani, muftiy Usmonxon Alimov va Vazirlar Maxkamasi Diniy ishlar qo‘mitasi raisi Ortiqali Yusupovlar shoirning oila a'zolari bilan janoza marosimini qachon o‘tkazishni kelishib olishgani xaqida xabar keldi.

Bundan oldin shoirning janozasi shanba kuni Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan edi.

Manbalarga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari o‘lik jo‘natishga mutasaddi tashkilotlarning ishlamasligi mayitning O‘zbekistonga yuborilishini paysalga solingan.

Eltuz.com manbasining aytishicha, yakshanba kunidan boshlab shoirning Do‘rmondagi hovlisiga fotiha o‘qish uchun odamlar kela boshlagan.

Duogo‘ylarni shoirning akasi Abdurazzoq Oripov va shoirning qizi Shoira Oripova kutib olmoqda.

O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgan edi.

«Qora lola» shoirga so‘ng maskan hozirlamoqda

Shoirni Chig‘atoy qabristoniga ko‘mish tadorigi Toshkentdagi «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi zimmasiga yuklatilgani aytildi.

Qabristoni ma'muriyati, «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi va Toshkentdagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rasmiylarining nashrimizga tasdiqlashicha shoir uchun qabriston markazidan joy ajratilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 march 2017
23 mart kuni O‘zbek milliy futbol termasining Suriyaga yutqazishi tarmoqda futbol ishqibozlari tomonidan g‘azab bilan qarshi olindi. Eltuz.com
3 may 2016
O‘zbekiston matbuoti, TV va radiosini kuzatar ekansiz, mamlakatni terrorizmga qarshi kurashish, yot g‘oyalardan saqlanish vasvasasi chulg‘ab olgandek taassurot uyg‘onadi. ...
8 january 2026
Eronda Islomiy hukumatga qarshi yirik namoyishlar bo‘lishi g‘ayrioddiy narsa emas. Mana to‘qqiz kundirki davom etayotgan oxirgi noroziliklarda yana odamlar ...
21 october 2025
Turkiyada taniqli o‘zbek shoiri va muxolifat lideri Muhammad Solihning «Vodiyda o‘lim taqiqlangan» (Vadide Ölmek Yasak) nomi ostida yangi kitobi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...