UzPoster
3 november 2025

Afg‘onistonda kuchli zilzila – qurbonlar bor

Afg‘onistonda 6,3 magnitudali yer qimirlashi yuz berdi. Mozori-Sharif yaqinidagi tumanlar bundan eng ko‘p zarar ko‘rdi – u yerda o‘nlab binolar, ba'zilari butunlay vayron bo‘lgan. Shaharning mashhur tarixiy Moviy masjidi shikastlangan.

Mahalliy aholi uylar qulashidan qo‘rqib, yarim tunda ko‘chalarga yugurib chiqqan. Reuters agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 7 kishi halok bo‘lgan. Yana 150 ga yaqin kishi jarohat olgan. Seysmik to‘lqinlar Afg‘onistondan tashqari – qo‘shni Tojikiston va O‘zbekistonda ham sezilgan.

Avgust oyida 6,0 magnitudali zilzila Afg‘onistonda 2200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan edi. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, toliblar ayollar va qizlarni har qanday yordamsiz qoldirgan. «Tolibon» ayollarga erkak shifokorlarga murojaat qilishni taqiqlaydi, ayol shifokorlar esa mamlakatda deyarli yo‘q.

Tag‘in o‘qing
28 april 2020
Kuz oyining quyoshli kunlaridan birida “barachniy” Hasanboy yonimga keldi va gapni cho‘zib o‘tirmay, “ketdik”, dedi. “Qaerga?” – so‘radim undan. – Hozir choyxonaga ...
21 november 2025
Andijonda terimchi ayollar bir oydan buyon paxta pulini ololmayapti. Klasterning fermerlardan milliardlab qarzi borligi aytilmoqda. «Daryo» nashrining ma'lum qilishicha, ...
27 september 2023
Adliya tizimi va qonunlar ishlamay qo‘ysa, davlat qaroqchi va talonchilar to‘dasiga aylanadi. Bu aqlli gapni bir ming yettiyuz yil ...
20 december 2020
Biz ayollarda o‘z «men»ini erkak fikri, mavqei bilan tasdiqlatib olish instinkti bor ekan, buni hozir o‘ylab qoldim. Aslida bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...