Asosiy mavzular
23 november 2016

Prokuratura paxta terimida davlatning o‘zi majburiy mehnat tashkilotchisi ekanini tasdiqladi

Huquq himoyachisi Yelena Urlaevaning arizasiga Chinoz Tuman prokurori D. Mahmudov tomonidan berilgan javobda ta'lim va tibbiyot xodimlari paxta dalasiga aynan Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra jalb etilgani aytiladi.

2016 yilgi paxta terimida mediklar va pedagoglarning majburiy mehnatidan foydalanilgani yuzasidan faktlarni yig‘gan O‘zbekiston Huquq himoyachilari Alyasi yetakchisi Yelena Urlaeva bu yuzadan tegishli idoralarga murojaat qilgan, biroq faqat ikki tuman prokururoridan arizasiga javob xati olgan.

dscn1559Chinoz tumani prokurorining javobi

«Tuman hokimligidagi mansabdor shaxslar tomonidan mediklar va pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilinishi yuzasidan» Yelena Urlaevaning arizasini o‘rgangan Chinoz tuman prokurori vazifasini o‘tovchi D.R. Mahmudov huquq himoyachisida javob xati yo‘llagan.

Bunda u, pedagoglar va mediklar «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Paxta hosilini tashabbuskorlik bilan nobud qilmasdan terib olish haqidagi» 20.07.2016 yil qaroriga ko‘ra paxta terimiga jalb qilinishganini bildirgan.


Bo‘ka tuman prokurori javobi

dscn1558Huquq himoyachisining ayni mazmundagi arizasiga javob bergan Bo‘ka tuman Prokurori Katta adliya maslahatchisi O.X. Nabiev esa, majburiy terim sabablarini aniqlashni ham o‘ziga ep ko‘rmagan.

«Sizning umumta'lim maktablari pedagoglarini paxta terimizga majburiy jalb qilish, yoki ulardan pul mablag‘lari olish, shuningdek, qator maktab direktorlarining noqonuniy ishdan bo‘shatilgani va Xalq ta'limi bo‘limi mudiri vazifasini o‘tovchi M. Azimovning poraxo‘rligi haqidagi arizangizdagi da'volar o‘z tasdig‘iri topmadi», deyiladi navbatdagi maktubda“.

Vazirlar mahkamasiga kim chora ko‘radi?

Yelena Urlaeva Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorini Bosh Vazir Shavkat Mirziyoevning o‘zi imzolagan bo‘lishi va ommaviy majburiy mehnatni ishdan bo‘sh vaqtlardagi ixtiyoriy, ko‘ngilli mehnat tarzida ko‘rsatish maqsadida, jamoatchilikdan, Jahon bankidan, XMT va sir saqlanayotgan bo‘lishi mumkinligini aytadi.

Ayni paytda Huquq himoyachisi o‘z arizasiga Chinoz prokurori haqqoniy javob bergani va shu o‘rinda paxta terimiga oid davlat sirini ham fosh qilganini e'tirof etadi.

Yelena Urlaeva shuningdek uning tashkiloti Vazirlar Mahkamasining noqonuniy qarori yuzasidan chora ko‘rish yuzasidan Bosh prokurorga murojaat qilishini bildirgan.

Paxta terimiga bo‘lgan O‘zbekiston taktikasi xalqaro miqyosda qanday o‘zgardi

Yaqin kunlargacha O‘zbekiston hukumati davlat idoralari xizmatchilarining har yili paxtaga jalb qilinishini qat'iy inkor qilib kelishgan. 2012 yili bolalarni paxta terimiga jalb qilmaslik haqida siyosiy qarorga kelindi, biroq bu turli muassasa xodimlarini majburiy safarbar qilish orqali amalga oshirildi.

O‘zbek mulozimlari, ommaviy safarbarlikning asosiy tashkilotchisi davlat ekanini inkor etib kelishadi. Rasmiy versiyaga ko‘ra, paxtani xususiy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan fermerlar ishlab chiqaradi va ularning o‘zlari terimchilarni dalaga jalb etishadi.

Endi esa, hukumat minglab o‘qituvchilar, talabalar, bank xodimlari, akusherlar va boshqa kasb egalari paxta terimiga ko‘ngilli tarzda, qo‘shimcha pul topish uchun borishayotganini uqdirishmoqda. Bu yil hukumat terilgan bir kg paxta uchun 260-270 so‘mdan haq to‘lagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 february 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi o‘zbek seks vo‘rkeri haqida. ...
11 september 2018
Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi, 42 yashar Baxtiyor Abdusamatov o‘z ish kabinetida 7 sentyabr kuni 400 ming AQSh dollari ...
21 december 2025
Urganch shahri havosining ifloslanib borayotgani haqida Eltuzda murojaat e'lon qilinganidan so‘ng, holatga go‘yoki chora ko‘rilgandek bo‘ldi. Shaharga yaqin, Cho‘lobod ...
18 april 2019
Shu yilning 20 mart kuni Xalq ta'limi vazirligi saytida “Farg‘onaning Quva tumanidagi 50-maktab yer maydoni va qo‘shimcha bino o‘quv ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...