Asosiy mavzular
12 january 2017

Korruptsiyaga qarshi korruptsionerlar kurashadimi?

O‘zbekistonda «Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi ortidan senator va deputatlarning bu hujjatga oid balandparvoz chiqishlari paydo bo‘la boshladi.

Xususan, «Xalq so‘zi» gazetasida (11.01) senator Gulchehra Sattorovaning shu mavzudagi maqolasida bu qonun «keng jamoatchilik tomonidan katta quvonch bilan kutib olingani» aytiladi.

Muallif so‘nggi yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish yo‘lida bir qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinganini bildirar ekan, yangi qonun «ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan omillarni chuqur tahlil qilib» ishlab chiqilganini ta'kidlaydi.

Afsuski, maqolada nega mamlakatda 25 yildan buyon bunday qonun qabul qilinmagani, bu boradagi mavjud normativ hujjatlar nega ishlamaganiga to‘xtalib o‘tilmagan. Muallifdan buni kutishning o‘zi o‘likdan jon tilagandek bo‘ladi nazarimizda.

Lekin senator xonim aytganidek, yangi qonun «fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi»mi?

Hozircha bunday deyishga asos ko‘rinmayapti. Chunki marhum prezidentning qizi bilan bog‘liq korruptsion jarayonlarda ayblanayotgan shaxs bosh vazir, xuddi shunday jinoyatlari uchun 20 yilga shartli jazoga tortilgan kishi qurilish sohalariga mutasaddi, xullas, xalq mulkini o‘g‘irlashda ayblanib ko‘chaga uloqtirilgan sobiq amaldorlar yana hokimiyatga qaytarilayotgan bir paytda yana nima xulosa qilish mumkin?!

Bunday vaziyatda korruptsiyaga qarshi kurashish korruptsionerlarga yuklanyaptimi, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiydir.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 november 2025
Prezident qarori bilan Farrux Jahongirovich Po‘latov O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi ...
8 january 2017
Shavkat Mirziyoev ikki kuyovini hayotlaridagi eng yirik yangi yil sovg‘asi bilan siyladi. Katta kuyov Oybek Tursunov prezident ma'muriyati rahbari ...
23 april 2018
Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston byudjetidan 4 million dollardan ortiq mablag‘ o‘marilgan. Bu haqda Moliya vazirligiga asoslanib, mamlakatning bir ...
6 october 2025
Germaniya. Doimiy yashash uchun emas, vaqtincha ishlash uchun kelganlarga ham nemis tilini B2 darajada bilish majburiy. O‘rismi, o‘zbekmi, ukrainmi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...