Asosiy mavzular
23 january 2017

Gazetalar prezidentning «puf»i ortidan tirilyaptimi?

Prezident «puf» degandan keyin tadbirkorlar va ishbilarmonlar gazetasi bo‘lmish «XXI asr»ga (19.01) jon kirayotgandek bo‘ldi.

Ha yo‘q, be yo‘q, necha yillardan beri tilga olmagan muammosi, naqd pul va plastik kartada savdo qilishdagi farqlar haqida maqola e'lon qilib qoldi.

Eng qizig‘i, bu muammoni «…hamma bilgan haqiqat haqidagi ayrim kuzatuvlar» sifatida taqdim etgan.

Oldindan aytib qo‘yaylik, hamma bilgan bu muammo gazeta sahifalarida nega shu vaqtgacha yoritilmaganiga javobni izlab ovvora bo‘lmang!

Xullas, maqolada plastik kartochkadagi pulingiz naqddan ko‘ra qadrsizroq ekani tilga olinadi.

Jumladan, «Toshkent» vokzaliga borib, «Afrosiyob» poezdiga naqdga xohlagancha, lekin plastikka ikki-uchtadan ko‘p chipta xarid qila olmasligingiz, hatto farzandingizning o‘qish uchun shartnoma pulini to‘lashingizda ham shu masalada muammo kelib chiqishi mumkinligi bildiriladi.

Bozorlarda ham muammo mavjudligi, sotuvchilarning bunga qanday bahona keltirishi aytib o‘tilgan.

Eng e'tiborli jihati, gazeta muammoning ildizini hukumatning moliyaviy siyosatida emas, aholining o‘z huquqini anglashida (to‘g‘rirog‘i, anglamasligida) ko‘radi.

«…bu kabi og‘riqli masalalarga qonuniy yechim topishning birdan bir yo‘li ham, avvalo, o‘zimizning haq-huquqimizni anglash va boshqalarni ham shunday to‘g‘ri, halol yo‘lga undashdir», deb yozadi gazeta.

Hurmatli gazetchilar! Xalq siz o‘ylagandek o‘z huquqini bilmaydigan olomon emas. Ayniqsa, pul masalasida. Odamlar hisob raqamidagi yoki plastik kartadagi pulni naqd qilish uchun necha foiz muttahamlik puli (zamonaviy tilda vositachilik deyiladi) olinishini yaxshi biladi.

Shuning uchun ularni huquqini bilishga emas, balki hukumatni adolatli moliyaviy siyosat yuritishga chorlash to‘g‘riroq bo‘lmasmikin!?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 february 2022
Avvalroq AQSh ma'muriyati Rossiya Ukrainaga istagan payti, shuningdek Olimpiya o‘yinlari payti hujum boshlashi haqida xabar bergan edi. OAV xabarlariga ...
1 november 2016
Teramiz paxta, Yotamiz zaxda… Qornimiz och, paxtadan qoch Do‘xtirga Paxta… Qozonda makaron Oshqozon hayron Domlalar der: «Paxtani ter qolmasin ...
23 august 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
28 june 2016
Bu haqda bayonot tarqatgan «Ezgulik» jamiyatining bildirishicha, jazo muddati uzaytirilgan G‘anixon Mamatxonov hozirda huquq faoli Kattaqo‘rg‘ondagi 7-sonli tergov izolyatorida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...