Asosiy mavzular
18 february 2017

Oylik kamligidan xorijga qochayotgan ayollar

«Oila va jamiyat» gazetasi (15.02) bugun o‘zbek jamiyatining og‘riqli nuqtasi – ayollarning xorijga chiqib ketayotgani masalasiga bag‘ishlangan maqola chop etdi.

Maqola xorijga chiqib, tahqirlangan, ayanchli bir ahvolda yurtiga qaytgan ayrim ayollarning hikoyalari bilan boshlanadi. Ularning achchiq taqdiri tilga olinadi. Ayollar migratsiyasi bilan bog‘liq ba'zi raqamlar tilga olinadi.

Xususan, Toshkentning Bektemir tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi mudirining aytishicha, o‘tgan yili bu yerda tashqi migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarning 289 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning ikkitasida OITS aniqlangan.

Mazkur tuman bandlikka ko‘maklashish markazi vakili esa xorijdan qaytgan xotin-qizlarning ba'zilari 500-600 ming so‘m maosh uchun ishlashni xohlamasligidan yozg‘irgan.

«O‘tgan yili xorijdan qaytgan bir qizni o‘quv markazi orqali qayta kasbga tayyorlab, ishga joylashtirdik. Ammo uni maoshi qoniqtirmay, yana Turkiyaga ketib qoldi», deydi markaz vakili.

Maqolada o‘zbekistonliklarning, xususan, xotin-qizlarning xorijga chiqib ketayotgani asl sabablari ochib berilmagan bo‘lsa-da, ularni yurtda qolishga da'vat etuvchi «aqlli maslahatlar» qop-qop.

«Bir burda nonni oilasi bag‘rida, xotirjam yeyishdan ko‘ra ko‘proq xorijni orzu qilayotgan ayollar haqida nima deyish mumkin?» deya savol tashlanadi maqola so‘nggida.

«Inson bir marta dunyoga keladi. Yaxshi, erkin va ozod yashashni, huquqlari himoya qilingan bo‘lishini istaydi. Bunday sharoit bo‘lmagan davlatdan esa ko‘pchilik qochishga harakat qiladi», deganga o‘xshash «buzg‘unchi gaplar»ni esa maqoladan topa olmaysiz.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 april 2017
Xiva tumani Saët qishlog‘idagi 31-maktabning 15 yashar o‘quvchisi M.T 5 aprel kuni Xiva tuman tug‘ruqxonasida o‘g‘il tug‘di. Muhayyo tahsil ...
15 august 2025
So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni diniy ta'lim olish uchun chet elga chaqirish holatlari kuzatilmoqda. Din ishlari ...
20 june 2024
Makkada jazirama issiq tufayli halok bo‘lganlar soni 900 dan oshdi. Eltuz iqlim o‘zgarishiga oid xabarlar bilan o‘z ko‘rsatuvlarini davom ...
4 december 2015
(XMT) Xalqaro mehnat tashkiloti paxta yig‘im terimida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga oid monitoring natijalarini e'lon qildi. XMT ekspertlari: ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...