Asosiy mavzular
16 april 2017

Abduraxim Po‘latov: Erdo‘g‘on g‘alaba qilsa Turkiya parchalanadi

Muholifatdagi “Birlik” partiyasi lideri, hozir AQShda yashaëtgan Abdurahim Po‘latov Turkiya vatandoshlariga murojaat qilib, yakshanba kuni Turkiyada prezident vakolatini uzaytirish masalasida o‘tkazilgan referendumda Konstitutsiyadagi o‘zgartirishlarga qarshi ovoz berishga chaqirdi.

O‘zining feysbukdagi sahifasida 72 yashar muxolifatchi Po‘latov 16 aprel kuni Turkiyada bo‘laëtgan referendumni “davlatni islomiylashtirishga yo‘l ochish maqsadidagi xatarli tadbir” deya atadi.

«Referendumda Rajab Erdo‘g‘on tarafdorlari, to‘g‘rirog‘i, islomchilar g‘alaba qozonsa, Turkiya islomlashish yo‘lidan ketishni jadallashtirib, tezda to‘la islomiy davlatga aylanishi, bu narsa butun dunyoni ostin-ustin qilib yuborishi muqarrar, natijada Turkiya parchalanib ketishi aniq», deya ta'kidlaydi “Birlik” Partiyasi lideri Abdurahim Po‘latov.

Turkiyadagi referedumda o‘zgartirishlarga “Ha” deydiganlar g‘olib chiqsa, hammaga yomon bo‘lishi haqida ogohlantirgan Po‘latov referendum natijalari qanday bo‘lishidan qat'iy nazar Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya istiqboli uchun xatarli shaxs bo‘lib qolaverishiga e'tibor qaratdi:

«Shuni ham tushunamanki, bugun referendumda islomchilar yutqazsalar ham, Rajab Erdo‘g‘on o‘z niyatidan qaytmaydi. U hozir Turkiyada o‘z diktatorligini o‘rnatib bo‘ldi, demak, mavjud Konstitutsiyaga tupurib bo‘lsa ham, Turkiyani islomiy davlat deb e'lon qilish yo‘lida ish olib boraveradi. Mening maqsadim, birinchi navbatda, turkiy davlatlarning raxbarlari, qolaversa, butun G‘arb Rajab Erdo‘g‘onning rejalariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqishi, kerak bo‘lsa, uni bu rejealardan voz kechishga zo‘rlash yo‘liga o‘tishlariga erishishdir.

Aks holda, Turkiya parchalanib ketadi, Turk Dunyosi tushunchasi o‘ladi, Markaziy Osiyo davlatlari Xitoyning vassallariga aylanadilar», deya ta'kidlaydi o‘z murojaatida Abdurahim Po‘latov.

Turkiyada Prezidentlik vakolatlarini kengaytirish borasida xalq referendumi bo‘lib o‘tmoqda.

Ovoz beruvchilar Rajab Toyib Erdo‘g‘ondan boshlab kelajak prezidentlarga yangi vakolat berish-bermaslikni hal qilishadi.

Erdo‘g‘on boshchiligidagi Adolat va Taraqqiyot partiyasi Turkiyaning parlamentar boshqaruvini Prezident boshqaruviga o‘zgartirishni istashadi.

Referendumda «Ha» deb javob berish Erdo‘g‘onning 2029 yilgacha hokimiyatda qolishiga sharoit yaratishi ham mumkin.

Rasm muallifi taniqli turk rassomi Ergin Asëli
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 november 2025
Jurnalist Navbahor Imomova yozadi: Itni ham, bitni ham mehmonga chaqirib, tekin boqib, yana qo‘liga bebaho durdonalarni tutqazib, ta'zim qilib ...
27 july 2016
O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi olti oy davomida o‘zgarishsiz qolgan, deyiladi hisobotda. Mahkumlarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabat, din ...
29 january 2024
Xatirchida klasterchi 10 nafar ruda qazuvchi tushgan tashlandiq kon to‘lasini ko‘mib tashladi Yeltuzga yetib kelgan videolarda shu yilning 8 yanvarida sodir ...
20 august 2018
Muhammad Bekjon 2000 yilning 29 noyabrida O‘zbekistonning eng katta qamoqxonasi hisoblangan Navoiy zonasiga etap qilinadi. Tag‘in karantin, lomka, turma ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...