Asosiy mavzular
21 december 2017

Inoyatov pullari izidan: Venadagi ko‘p millionli qasr

18 dekabr kuni Open Source Investigations (OSI) guruhi O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov oilasiga tegishli ko‘chmas mulklarga oid maqolani chop etdi.

Inoyatovlar mulki Vena o‘rmonlariga tutash eng xushmanzara hududda joylashgan. Foto: OSI

OSI – voqealarni chuqur surishtirishni ta'minlash maqsadida jurnalistlar, tadqiqotchilar, faktlar hamda ma'lumotlar to‘plovchi faollar va ekspertlarni o‘ziga jamlagan guruhdir.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) raisi Rustam Inoyatov butun dunyo bo‘ylab ko‘chmas mulklarga ega va biznes imperiyani yaratish uchun o‘z mansabidan foydalanmoqda, deya yozadi OSI curishtiruv guruhi.

Maqolaga ko‘ra, Rustam Inoyatov oilasi Venada muhtasham villaga ega. Mulk Sharif Inoyatov va Baxtiyor Ergashev tashkil qilgan Benif Handels GmbH shirkati nomiga xarid qilingan. Benif Handels GmbH 2011 yili tugatilgach, Inoyatovlar oilasi hashamatli qasrni 2,5 millionga sotishgan.

OSI guruhi keltirgan hujjat

Avstriyaga O‘zbekiston sarmoyasi

2005 yilning 23 noyabrida Avstriyada Benif Handels GmbH shirkati ro‘yxatga olingan. Shirkat uch nafar o‘zbek vatandoshi – Sharif Inoyatov, Baxtiyor Ergashev va Shavkat Mingaliev tomonidan ta'sis qilingan.

43 yashar Sharif Rustamovich Inoyatov O‘zbekistonda qudratga ega Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovning o‘g‘lidir. Baxtiyor Ergashev (1959 y. tug‘.) Rustam Inoyatovning pochchasi bo‘ladi. Ergashev Inoyatovning kenja singlisiga uylangan. Shavkat Mingaliev esa Sharif Inoyatovning eski do‘sti va ish hamkoridir.

Rustam Inoyatov va uning qarindoshlariga shirkatning 60 foiz Mingalievlarga esa 40 foiz aktsiyasi tegishli. Shavkat Mingalievning xotini Farida Mingalieva shirkat boshqaruvi direktoridir.

Inoyatovlar oilasining 2,5 million yevro turadigan qasri

Benif Handels GmbH ofisi Venada Sieveringer Strasse da joylashgan edi. Biroq ofis manzili – Bergzeile 3, 1170 Viennaga, Inoyatovlarga tegishli hashamatli qasrga rasmiylashtirilgandi. 2011 yili Benif Handels GmbH tugatilishi arafasida Sharif Inoyatov va Baxtiyor Ergashev mulkni 2,5 millionga sotishadi.

Imorat Venadagi eng eksklyuziv va nufuzli turar joy hududidan, Vena o‘rmoniga yaqin Xernals mavzesining g‘arbiy qismidan o‘rin olgan.

Inoyatovga tegishli 2,5 million yevro turadigan qasr. Foto: OSI

Bu marmar kolonnalar, tilla bezaklar, yopiq basseyn va fusunkor ko‘rinishdagi bir bino.

600 kvadrat metrli uy 9 xona va 2 qavatdan iborat. Fasadi marmar kolonnalar bilan ajratilgan, zinapoya italyan marmaridan ishlangan, mehmonxona poliga tilla bilan ishlov berilgan. Ikkinchi qavatdan Venaning panorama manzarasi ko‘rinadi.

Qasrning katta hashamatli basseyn, sauna va jakuzini jamlagan spa-markazi bor. Mulk ichidan katta xususiy bog‘ va garaj ham o‘rin olgan.

Va bu hali hammasi emas…

O‘zbekistonda Rustam Inoyatovning Benif guruhi egasi ekani sir tutiladi. Xalqaro xavfsizlik kuchlari (ISAF) missiyasi payti Inoyatovning Benif ning bosh direktori bo‘lgan pochchasi Baxtiyor Ergashev Afg‘onistonga neft, gaz va qurilish materiallari eksportini monopoliyalashtirgan. Benif, shuningdek, qurilish va plastik kartalar ishlab chiqarish sohasining yirik pudratchisi ham sanaladi.

Biroq har qanday boshqa oligarxlar kabi Rustam Inoyatov ham o‘z sarmoyasining katta qismini chet elga yotqizgan. OSI guruhi Inoyatov oilasining butun dunyo bo‘ylab mulk va shirkatlarga egalik qilayotgani haqida dalillar borligini yozadi.

Venadagi 2,5 million yevro turadigan Benif Handels qasri esa bor-yo‘g‘i bunga ular keltirgan bitta misoldir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 september 2020
O‘zbekistonlik minglab muhojirlar Rostov-Don shahridagi temir yo‘l stantsiyasi oldida lager qurdi. Issiqda, deyarli pulsiz, ishonchsizlik bilan ketishga umid qilishmoqda. ...
7 june 2016
O‘zbekiston telekanallarida mamlakat iqtisodiyotining «qudrati», «imkoniyatlari», dunyoda salkam eng rivojlangan ekani to‘g‘risida eshitsangiz ajablanmang. Chunki 20 yildan oshdiki, faqat ...
21 march 2019
Sharqning ko‘pgina mamlakatlarida Navro‘z bayrami sifatida nishonlanadigan 21 mart yilning kun va tun teng keluvchi sanasi hamdir. Bu kun ...
28 march 2022
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganiga bir oy to‘ldi. Rossiya Ukrainani uch kunda bosib oladi, degan bashoratlar (ular orasida g‘arb ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...