Asosiy mavzular
5 november 2018

Urganchda yana bir ko‘prik quladi

Shu yil 2 noyabrga o‘tar kechasi Xorazm viloyatining Urganch shahridan Cholish posyolkasiga o‘tadigan ko‘prik quladi.

Bu haqdagi xabar va fotosuratlarni telegram va feysbukda qoldirgan «Bloger N-M» kanaliga ko‘ra, voqea soat 21.00 da yuz bergan.

«Bitta «Damas» zarar ko‘ribdi. Egasi sog‘ bo‘lsin ishqilib», deya yozadi bloger o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Bundan ilgari Xorazm viloyatida 2018 yilning 14 avgust kuni Xonqa tumanining Qoraqosh qishlog‘idan Yangiariq tumaniga o‘tuvchi ko‘prikning bir qismi qulab tushgani,  oqibatda yuk mashinasiga jiddiy ziyon yetgani, haydovchining shifoxonaga yotqizilgani haqida «Eltuz» xabar bergan edi.

2015 yilning 8 avgustida esa Urganch shahridagi «Yoshlar ko‘li»da yangi qurilgan ko‘prikning qulashi oqibatida o‘ndan ziyod odam suvga cho‘kib o‘lgan va o‘nlab odam jarohat olgan edi.

Fojeaga sobiq prokuror, endilikda Urganchdagi 8-TV kanali rahbari Ulug‘bek Sobirov uyushtirgan kontsertga kelgan olomonning ko‘prik ustida to‘planishi sabab bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 november 2018
Mustaqil jurnalist va huquq himoyachisi Malohat Eshonqulova O‘zbekistonda majburiy mehnat bartaraf etilishi o‘rniga avj olib borayotganida Xalqaro mehnat tashkiloti ...
15 september 2016
O‘zbekistonda hukumat vakillari har yilgi paxta mavsumini urush jabhasiga tenglashtirishadi. Ko‘pincha selektor tarmog‘i orqali Bosh vazir (endilikda prezident) Shavkat ...
16 may 2022
Assalomu alaykum Tuz og‘a, sizga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan murojaat qilyapmiz. Hech kimga sir emas, uch-to‘rt kundan keyin mahalla ...
27 may 2017
«Milliy tiklanish» gazetasi (24.05) Buxorodagi qadimiy ko‘chaga Karimov nomini berish haqidagi partiyaning taklifi viloyat kengashi tomonidan «bir ovozdan ma'qullangani»ni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...