Asosiy mavzular
21 november 2018

Reabilitatsiya jarayonlari qachon boshlanadi?

“Hyuman rayts uotch” xalqaro tashkiloti O‘zbekiston hukumatini siyosiy mahkumlarni ozod qilishni davom ettirish, ozodlikka chiqarilganlarining reabilitatsiya qilinishini ta'minlashga chaqirdi. Foto: hrw.org

HRUning bu bayonoti Islom Karimov rejimining eng taniqli siyosiy mahkumlaridan biri, yozuvchi Mamadali Mahmudovning nomi rasmiy matbuotga qaytib, uning o‘zi Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga tiklangan paytga to‘g‘ri keldi.

Ammo hukumatning bu qadami sobiq mahkumlarni tanlab oqlashga (garchi hali Mamadali Mahmudovning rasman reabilitatsiya qilingani haqida ma'lum bo‘lmasa-da) o‘xshab ketadi. Chunki Karimov davrida nohaq qamalgan ko‘p sonli mahkumlarga nisbatan hali bunday jarayon boshlangani yo‘q.

Bundan tashqari, hozir ham O‘zbekiston qamoqxonalarida turli uydirma ayblar bilan qamalgan yana ko‘plab mahkumlar saqlanayotgani aytilmoqda va ularning ozodlikka chiqarilishi masalasi ochiq qolayotir.

To‘g‘ri, yangi prezident Shavkat Mirziyoev davrida o‘nlab taniqli siyosiy mahkumlar, vijdon tutqunlari ozodlikka chiqdi. Ulardan ayrimlarining o‘zini reabilitatsiya qilish to‘g‘risidagi murojaatlari esa qondirilgani yo‘q.

Masalan, muxolifatning eng ko‘p qamoqda o‘tirgan vakillaridan biri Samandar Qo‘qonovning ko‘plab shunday murojaatlari uning jinoyat ishi hujjatlari yo‘qolgani bahonasida rad etib kelinmoqda.

Bunday misollar esa ko‘p.

Mamadali Mahmudovning hukumat axborot agentligi – O‘zAga bergan intervyusini ko‘pchilik o‘qib chiqdi. Intervyu ancha jonli, ochiq chiqqan bo‘lsa-da, hurmatli yozuvchi prezident sha'niga ancha madhlar aytgani sezilib turadi.

Lekin hukumatning M.Mahmudovga nisbatan o‘zgargan siyosati boshqa sobiq siyosiy mahbuslarning prezidentni shunday sharaflashi ortidan ham o‘zgarmayotgani e'tiborni tortadi.

Shunga qaramay, mazkur yozuvchiga bo‘lgan rasmiy munosabatning o‘zgarishi hukumatning sobiq siyosiy mahbuslarni oqlash yo‘lidagi birinchi qadami bo‘lishiga nekbinlik bilan qarashga asos bo‘la oladi.

Yaqinda Interpol muxolifat yetakchisi Muhammad Solihning nomini xalqaro qidiruvdan olib tashladi. Ammo O‘zbekiston hukumati bunga norozilik bildirgani to‘g‘risida ma'lum emas.

Umid qilish mumkinki, hukumat bunday qilishga urinmaydi. Shuning o‘zi ham ijobiy alomat bo‘lsa ne ajab.

HRU esa o‘z bayonotida hukumatni O‘zbekistonda vijdon tutqunlarini, nohaq ayblovlar bilan qamalganlarni ozod etish va ularni reabilitatsiya qilish jarayoni tizimli tus berishga chaqirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, siyosiy mahbuslarning o‘zlari reabilitatsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya tuzish lozimligi bildiryapti.

Albatta, bunday jarayonning boshlanishi O‘zbekiston hukumatidan ulkan siyosiy irodani talab etadi.

Afsuski, hukumat hozircha bunday siyosiy irodani namoyish etishga qodir emasligini ko‘rsatib qo‘ymoqda.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 december 2020
Ichida prezident va'zlari qamalgan smartfon sotuvga chiqdi. Eltuz.com
23 november 2025
Vashington markazida Donald Tramp siyosatiga qarshi aktsiyalar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar AQShning yangi «tinchlik rejasi»ni Kievga qo‘yilgan ultimatum va Putin ...
7 may 2020
Sardoba suv ombori o‘pirilishidan zarar ko‘rgan aholi haqida reportaj qilish uchun Sirdaryoga borgan O‘zA muxbiri Anora Sodiqova 6 may ...
7 august 2020
Qishga tayyorgarlik. Pomidor va qalampirni o‘zim yetishtirib, quritib, ipga o‘tkazib devorga ildim. Ko‘o‘p bonkayam berkitganmiz. Kompotlarim ham yetarli. Ozroq ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...