Asosiy mavzular
18 february 2019

G‘allaorollik yigit IIB xodimlari uni tahqirlashganini bildirdi

Jizzaxning G‘allaorol tumanida yashovchi 30 yashar Akmal Ablokimov Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan tahqirlangani va kaltaklangani haqida «Eltuz»ga ma'lum qildi.

«Mana, hozir ham tuman prokuraturasidan olgan jarohatlarim yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlashni talab qildim. Betobligimga qaramay, ichkariga ham kirgizmasdan, ismini ham tanishtirmagan tuman prokuraturasi xodimi men tuman ichki ishlar boshlig‘i nomiga ariza yozishim kerakligi va ular menga sud tibbiy ekspertizasini tayinlash haqida qaror berishini aytib, meni sarson qilib qaytarib yuborishdi», deya bildirdi Ablokimov «Eltuz»ga 17 fevral kuni.

U «Eltuz»ga Ishtixon tumani prokuroriga ayni voqea yuzasidan 14 fevral kuni yozgan shikoyat arizasi nusxasini yubordi.

Arizada yozilishicha, u 2019 yil 14 fevral kuni soat 16.30 da mashinasida o‘z ehtiyoji uchun benzin olib ketayotganida yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Ichki ishlar xodimlari uni IIBga olib borib, benzinni sotish uchun olib ketyapman, deb yozib berishga majburlangan.

Ablokimovning arizasida yozishicha, u bunday yolg‘on tushuntirish xati yozishdan bosh tortgani sababli Vahob ismli IIb xodimi uni onasidan so‘kkan, oyog‘iga tepgan va shapaloqlab urgan. Zarba kuchidan yigit hushidan ketgan.

Arizaga ko‘ra, soat 21.30 lar chamasi Akmalni tashqariga olib chiqishgan paytda u shifokor ko‘rigidan o‘tishini aytgani uchun urib-so‘kib yana ichkariga qaytarib olib kirishgan.

“Fuqaro kiyimidagi Xurshid degan xodim meni yalang‘och qilib, GAI xodimi bilan birga telefonga tushirdi va agar benzinni sotish uchun oldim, deb yozib bermasang, videoni internetga chiqarib yuboramiz, deb po‘pisa qilishdi”, deyiladi Akmalning Ishtixon prokuroriga yozgan arizasida.

Akmal baribir majburiy ravishda hech narsa yozib bermagach, tungi soat 23 dan keyin Samandar ismli boshqa bir militsiya xodimi uni olib chiqib ketganini iddao qiladi.

Jabrlanuvchi prokurordan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Kattaqo‘rg‘on tumani sud tibbiy ekspertizasiga yo‘llanma berishni so‘ragan va Ishtixondagi bunday ekspertizaga ishonmasligini bildirgan.

“Chunki ular menga tan jarohati yetkazganidan keyin do‘xtirlarni chaqirib, o‘zaro kelishib olishdi”, deb yozadi Akmal.

Akmal Ishtixon prokuroriga yozgan arizasida IIB xodimlarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berishni so‘ragan.

Ablokimov bu adolatsizlikka chidolmasligini aytar ekan, ichki ishlar xodimlarining uning qadrini yerga urib, tahqirlagani jazosiz qolib ketishidan xavotir ham bildirgan.

Ichki ishlar xodimlarining o‘z xizmat vazifasini suiiste'mol qilgan holda begunoh fuqarolarga nisbatan noqonuniy ayblovlar qo‘yishi bugungi O‘zbekiston uchun odatiy holdir. 

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ham juda ko‘p dalillar tarqatilmoqda. Kuni kecha Milliy gvardiya xodimining Qo‘qon shahridagi kafeda karaoke xonasiga pichoq tashlab qo‘yayotgani aks etgan video ham tarqalgan edi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 january 2021
AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimidan ketishidan avval O‘zbekistondagi Qarshi shahri yaqinida joylashgan Xonobod harbiy bazasida xizmat qilgan harbiylarga to‘liq ...
20 february 2017
Andijondagi tijorat do‘konlarida odatda odamlar bahor payti uyda pishiradigan sumalak sotila boshlandi. Ba'zi odamlar bu taomni sotib olish imkoni ...
8 january 2026
20 mingga yaqin  noqonuniy yo‘llar bilan umraga yuborib anjanchasiga kiydirgan 13 aprs din tujjori qamag‘da. 42 yashar anjanlik xotin  ...
26 august 2023
Ukrainaga qarshi Rossiya tomonida jang qilayotgan “Rusich” neonatsistlar guruhi «har qanday jangovar topshiriqlarni bajarishni to‘xtatganini» bildirdi. Hammasi jangari guruhning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...