UzPoster
4 february 2024

Balasog‘uniy yubileyi O‘zbekistonda nega unutildi?

2019 yil Yusuf Xos Hojibning 1000 yilligi, «Qutadg‘u bilig»ning 950 yilligi Qozog‘iston va Turkiya tashabbusi bilan YuNYeSKO tomonidan dunyoda keng nishonlandi.

O‘zbekistonda esa jim-jitlik. Yozuvchilar uyushmasi shu sana munosabati bilan tadbirlar ishlab chiqib, hukumatga taqdim etgan. Lekin hozirgacha o‘zbek hukumatining bunga oid qarori chiqmadi.

«Qutadg‘u bilig» kitobi ham so‘nggi bor Qozog‘istonda 2016 yilning 21 yanvarida Tarix va madaniyat yili munosabati bilan chop etildi.

Bundan avval «Qutadg‘u bilig»ning 900 yilligi munosabati bilan 1972 yilda Qayum Karimov nashrga tayyorlagan asl matn va nasriy tabdil O‘zSSR Fanlar akademiyasining «Fan» nashriyoti tomonidan atigi 3 ming nusxada nashr etilgan edi.

Shundan keyin bu asarga O‘zbekiston mutasaddilari deyarli e'tibor berishmadi.

Garchi Toshkentda sovet davrlaridayoq o‘zbek adabiyoti darsliklariga kiritilgan Yusuf Xos Hojib nomiga qo‘yilgan mashhur ko‘cha bor. Qirg‘izistonda esa ming yil burun turkiyda asarlar yaratgan buyuk adib suvrati ming so‘mlik pul birliklarida aks etdi.

Turkiyalik tatar olimi professor Rashid Aratlining «Qutadg‘u bilig»ning tarixiy uchta nusxasini qiyoslab tayyorlagan, 6645 baytdan iborat asl matni hozircha dunyoda asosiy manba bo‘lib turibdi. Ozarbayjonda esa bu matn to‘la ozarbayjon tiliga she'riy tarjima qilib nashr etilgan.

O‘zbek internet nashrlarida, xususan, Xurshid Davronning internet kutubxonasida «Qutadg‘u bilig»ning Emin Usmon o‘zbekchaga o‘girgan shakli bor.

1070 yili Koshg‘arda olamdan o‘tgan va ko‘pchilik Yusuf Balasog‘uniy deya biladigan Yusuf Xos Hojib 1015 yili Balasog‘un (hozirgi To‘qmoq) shahrida tug‘ildi. Uning ijodi gullagan payt Qoraxoniylar davlatida kechdi.

U yaratgan «Qutadg‘u bilig» asari turkiy dunëdagi eng muhim adabiët sifatida qadrlanadi. Falsafiy va siësiy traktat tarzidagi bu asarda Kuntug‘di adolat, Oyto‘ldi baxt ramzi o‘laroq keladi.

Muallifning bizgacha yetib kelgan yagona asari hijriy 462 (1069-70)da yozib tugallangan «Qutadg‘u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») bo‘lib, muallif uni 18 oyda yozgan. Asardagi to‘rt ramziy qahramon – Kuntug‘di (adolat), Oyto‘ldi (davlat), O‘gdulmish (aql) va O‘zg‘urmish (qanoat) timsollari orqali Yusuf Xos Hojib o‘zining ijtimoiy-siyosiy, adabiy-falsafiy qarashlarini ifoda qilgan.

Asar bizgacha uch nusxada yetib kelgan bo‘lib, birinchisi saqlanish o‘rniga ko‘ra «Vena nusxasi» degan nom bilan yuritilsa ham aslida Hirotda 1439 yilning 17 iyunida kotib Hasan Qora Soyil Shams tomonidan uyg‘ur yozuvida ko‘chirilib tugatilgan. Ikkinchi nusxa ko‘chirilish o‘rni, topilishi va saqlanishiga ko‘ra «Qohira nusxasi» (Qohiradagi Hidu kutubxonasida saqlanayotgani 1896 yilda ma'lum bo‘lgan) deb nomlanadi. Uchinchi nusxa «Namangan nusxasi» nomi bilan ilmga kirgan bo‘lib, 1923 yili Fitrat tomonidan qo‘lga kiritilib, Toshkentga keltirilgan. A.Kononovning aniqlashicha, ushbu qo‘lyozma mavjud nusxalar ichida eng mukammalidir. U 6329 baytdan iborat, masnaviy (aruzning «mutaqoribi musammani mahzuf») vaznida yozilgan.

Asardagi ilmning xosiyati, bilim baxt kaliti ekani va til odobi xususidagi qismlardan parchalar keltiriladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 may 2017
Ishsizlik – O‘zbekistondagi eng og‘ir muammolardan biri. Ko‘p yillar davomida millionlab o‘zbekistonliklar tirikchilik yo‘lida aksariyat Rossiyaga ketishdi. O‘zbekiston Rossiya ...
23 june 2025
O‘zbekistonda shu yil chigirtkalar uchun barakali yil bo‘ldi. Bunday barakadan to‘rtko‘lliklar ham bahra olishmoqda. Aytishlaricha, chigirtkalar kunduzi meva-cheva, dehqonchilik ...
17 january 2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston Rossiyaga porox va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan paxta va undan olinadigan maxsulotlarni sotish hajmini oshirdi. ...
30 september 2025
Bugungi tahlilimizda AQSh Federal zaxira tizimining Tramp ma'muriyati olib borayotgan vayronakor savdo urushi oqibatlarini yumshatishga urinayotganiga oid iqtisodiy paradoksga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...