Asosiy mavzular
30 april 2019

Qamoqxona noziri o‘z kamariga osilgan holda topildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining manzil koloniyasi jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili, 37 yashar podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov 28 aprel kuni ertalab soat 9.30 da o‘z kabinetida shiftga osilgan holda topildi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati vakilining «Eltuz»ga bildirishicha, podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov o‘zining charm kamariga osig‘liq holda topilgan.

«Ertalab ërdamchi xodim ko‘rib qolgan shiftga osig‘liq turganligini. 27 aprel kuni Abrorov uyiga ketmay, tunni kabinetida o‘tkazgan. Jasad soat 9.30 ko‘rildi. Lekin marhum tunda o‘zini osgani ehtimoli haqiqatga yaqin. Jasad ërilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, mexanik bo‘g‘ilish oqibatida miya va o‘pka ishlamay qolib, o‘lim sodir bo‘lgani aniqlangan», dedi mulozim.

Suhbatdosh marhumning mahbuslar tarafidan o‘ldirilib, osib ketilgan bo‘lishi mumkinligi borasidagi taxminlarni rad qildi.

Marhum podpolkovnik bundan bir oy oldin Toshkent viloyati Ohangaron shahri IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, Zangiotadagi qamoqxonaga ishga o‘tkazilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 may 2018
Andijon shahrida yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqlar shu hafta boshidan butunlay olib tashlanmoqda. Yo‘l patrul xizmati xodimlarining ta'kidlashlaricha, bunga shaharda ...
30 march 2018
Ijtimoiy tarmoqda 30 mart kuni bog‘cha bolalarini urayotgan o‘zbek tarbiyachisi aks etgan navbatdagi video tarqaldi. «Eltuz» nashrining o‘rganishicha, bu muassasa ...
5 october 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbeistonning Jizzax, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
10 june 2025
U «temir metanchi» profili orqali o‘z shaxsini sir tutib, anonim postlar e'lon qildi. U «Xalq qo‘zg‘alishi kerak, slishkom bosim ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...