Asosiy mavzular
11 june 2019

Uchtaga “Kobalt”, oltitagachi?

Veterinar bilan gurunglashib qoldim. Qo‘ylarga bitta ukol qilaman, ikkita, uchta tug‘adi, dedi. Oxirgi bir-ikki yilda O‘zbekistonda uchta tug‘adiganlar ko‘payib ketayotganining sababi shunaqa ukolga bog‘liq emasmikin, degan xayolga bordim.

O‘zi keyingi paytlarda erkaklarimiz sha'niga aytilayotgan turli ta'nalardan so‘ng shunday o‘yga borishni shakkoklikka yo‘ymaysiz.

Xudoning ishiga aralashib bo‘lmaydi. Kimgadir egiz, kimgadir uchta, to‘rtta, hatto oltita farzand beradi.

Lekin so‘nggi paytlardagi uchta tug‘adiganlar ko‘payib ketgandan keyin veterinarlarning gaplari esga tushadigan bo‘lib qoldi. Nahotki ular ham mashina olish ilinjida ukolga o‘tib qolishgan bo‘lsa?!

Nima bo‘lganda ham O‘zbekistondagi tendentsiyani ko‘rib, yurtdoshlarimizdan biri birdaniga oltita tug‘ib qo‘ysa, qanday ismlarni tanlar ekan, deb o‘ylanib qoldim.

Menimcha, katta egizlarga Shavkat, Miromon, Mirziyo otlari tayyor. Qolgan uchtasiga ism tanlash qoladi. Eski amalni eslab, Islom, Abdug‘ani, Karim ismlari tanlanarmikin?!

Lekin egizlar orasida qizlar ham bo‘lsa-chi? Avvalgi prezidentga aloqador qizlarning otini qo‘yish baloga qolish bilan barobar. Chunki bittasi qamoqda. Ikkinchisi esa marhum otasining “hurmati” soyasida amallab jazodan qochib yuribdi.

Oltita farzandning uchtasi qiz bo‘lsa, boshqa variant bor. Ularga Ziroatxon, Saida, Shahnoza deb ism qo‘ysa bo‘ladi.

O‘shanda uchta egizga atalgan “Kobalt” oltita egiz uchun “Malibu”ga aylanishiga kafil topish bizga qolmaydi. Har holda hamma ham oltita tug‘ayotgani yo‘q-ku!

Lekin “Avtosanoat”da ozgina xavotirga tushish xavfi baribir bo‘ladi. Chunki hozir uchta tug‘ayotganlar “Malibu”ning daragini eshitib oltita tug‘ib yubormasligiga kafolat yo‘q.

Elimiz ko‘paysin. Uchta tug‘ing, kelinlar, oltita tug‘ing! Piru badavlat bo‘ling.

Shuncha ezgulikni tilab turgan paytimizda hatto o‘zbek matbuoti ham sizlarning uchtadan tug‘ib, yana mashina talab qilayotganingizni o‘zicha talqin etyapti.

Ularning yozishicha, uchta farzandni tug‘dirib qo‘yganlar bu xizmati uchun mashina berilmayotganidan shikoyat ham qilayotgan ekan. Axir bu qonunga zid-ku, deyayotganlar ham topilib turibdi.

“Kobalt” ilinji shu qadar urchidiki, odamlar bunday xabarlarni ochiqdan-ochiq istehzo bilan kutib ola boshladilar, boqimandalik, laganbardorlik va ta'magirlik qorishmasi deb baholadilar”, deya yozdi mahalliy hamkasblarimiz.

Ularning e'tirozlarida jon bor. Chunki ular ham oldingi shunday an'ana jamiyatga nima bergani haaqidagi savolga javob topa olmay, xavotirga tushayotgan bo‘lishi mumkin.

To‘g‘ri-da, bir vaqtlar tug‘ilgan Islom, Abdug‘ani, Karimlar bugun xalqimizga nima qilib berdi, degan savol paydo qilishi tabiiy-ku.

Ularning oldi yigirma yoshdan oshdi. Keyingilari ham ancha-muncha yoshga borib qoldi.

Ichidan o‘zbek xalqiga rahmat olib kelgan, elu xalq orasida ezgu amallari bilan nomi chiqqanini hali eshitganimiz yo‘q. Agar bo‘lganida bugun matbuot to‘lib-toshib yozgan bo‘lardi.

Bugungi Shavkat, Miromon, Mirziyolar ham bir kun kelib, Xudo nasib etsin, katta yigitlar bo‘ladi.

Ammo ulardan ertaga elga ne naf bo‘lishi mumkin? Balki shu haqda o‘ylash kerakdir?

“Eltuz”ning Toshkentdagi muxbiri

Tag‘in o‘qing
21 january 2020
Professor Kristian Lasslett O‘tgan haftada Gulnora Karimovaga nisbatan «yopiq eshiklar ortida» yangi jinoiy ayblovlar bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Karimovaning ...
16 november 2016
Turkiyaning Mersin shahar mahkamasi o‘z farzandini kaltaklagan Gulchehra Isoqulova ustidan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqib uni aybli deb topdi ...
30 november 2018
1992 yilning dekabr oyida Qahramon Xo‘jaqulov yana o‘z manbalaridan jiddiy ma'lumot oladi. Bu safar MXX xodimlari Afg‘onistondan O‘zbekistonga konteynerda ...
23 march 2021
2019 yil oktyabrda prezident Mirziyoev 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlagan edi. Bu hujjat O‘zbekistonning samarasiz qishloq xo‘jaligini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...