Asosiy mavzular
5 september 2019

Mustaqillik kuni Toshkentda davlat bayroqlari o‘g‘irlandi

Mustaqillik bayrami nishonlangan 1 sentyabr kechasi, Toshkent rasmiylariga ko‘ra, shahar ko‘chalariga o‘rnatilgan bayroqlardan 2000 tadan ortig‘i o‘g‘irlangan. Yetkazilgan zarar miqdori 142,6 mln so‘mni tashkil etdi, deya xabar berdi gazeta.uz nashri poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lumotidan iqtibos keltirib.

Ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum shaxslarning simyog‘ochga osig‘liq bayroqni o‘g‘irlayotgani, bir guruh yigitlarning mashinalariga bayroq osib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda ko‘chada tiqin hosil qilib «bayram qilayotgani» aks etgan videolar tarqaldi.

«Bizdan narida «Spark», ichidan bitta chuvak tushdi va tezgina simyog‘ochga maymun kabi osilib, u yerdan ikkita bayroqni yulib oldi. Besh metr narida mentlarning mashinasi turardi va mentlarning emotsiyasi nol edi», deya yozdi Feliks ismli feysbuk yuzeri.

1 sentyabr kuni kuzatilgan bu kabi holatlarni tarmoqda ko‘pchilik tasdiqladi.

«Bu esidan ayrilganlar tuni bo‘yi mashinalariga bayroq osib, to‘da-to‘da bo‘lib yurishdi. Mening go‘dak o‘g‘lim kechasi vahimadan chinqirib uyg‘ondi. Agar ular patriot bo‘lishsa, bayroqlarini ko‘tarib jimgina yurishmaydimi, nima keragi bor hammaning tinchini buzib, uyqu bermasdan», deya yozdi yana bir feysbuk yuzeri Diana Berkutova.

Boshqa bir yuzer Ramil Valiev esa bu oddiy o‘g‘irlik ekanini iddao qildi.

«Bu o‘g‘irlik. Davlat mulkini o‘marish. Buning uchun tuzukina «muddat» olish mumkin», deya izohladi voqeani Ramil Valiev feysbuk sahifasida.

Hukumat nashrlariga ko‘ra, har bir bayroqning narxi 70 ming so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, bir kechada davlatga yetkazilgan zarar miqdori 142,6 mln so‘mga yetgan.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 april 2017
Karimov nomini abadiylashtirish qarori bo‘yicha tanlov yakuniga ko‘ra, haykaltarosh Ilhom Jaborov uning haykalini barpo qiladigan bo‘ldi. U ilgari Amir ...
17 february 2017
«Xalq so‘zi» gazetasi (15.02) «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining yoshlar qiziqish va qarashlarini o‘rganishga bag‘ishlangan so‘rovi natijalarini e'lon ...
22 june 2016
Rassom Tuz va Elsevarlar qatoriga Kirpi taxallusi bilan ijod qiladigan ësh rassom ham qo‘shildi. Shu kunlarda Toshkentda istiqomat qiladigan ...
20 october 2025
Eltuzga Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti xodimlaridan navbatdagi fosh qiluvchi murojaat kelib tushdi. Unda aytilishicha, universitet rahbari Rasul ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...