Asosiy mavzular
5 april 2020

5 aprel – O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni

Chor davrida oxranka, sovet davrida ChK, GPU, NKVD, KGB, mustaqillik davrida esa SNB asosan millat manfatiga zarar keltirdi va oydinlarni qirib, o‘zidan ëmon va mudhish nom qoldirdi.

Ammo davlat va millat bor ekan, uning manfaatlarini shovinizm, imperializm changalidan hamda ekstremist, dindor guruh va to‘dalardan himoya qilishga zarurat doimo bo‘ladi.

Britaniya bosh vaziri Benjamin Dizraeli 1868 yilda ëzganidek, davlatning doimiy do‘st ëki dushmanlari yo‘q, ammo davlatning doimiy manfaatlari bor.

Oradan 150 yil o‘tsa ham bu gap o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi.

Afsus, bundan 150 yil oldin Turkiston xonlari bu gapni tushunadigan darajada ong va zakovatdan mosuvo edi.

Ko‘zbo‘yamachilik, johillik, dabdababozlik, nepotizm va korruptsiya ulardan bizgacha yetib kelgan kir meros.

Davlat va millat manfatlarini esa qurollangan armiya, tashqi va ichki razvedka, kontrazvedka hamda xavfsizlik idoralari himoya qiladi.

Bu aslida sharafli maslak. Vatan va millat manfaatini himoya qilishdan ko‘ra yaxshiroq xizmat yo‘q.

O‘zbekiston davlat xavfsizlik tizimi Turkiyaning MIT (Milliy istixborat tashkiloti) ëki Isroilning MOSSADi kabi kuchli va faqat millat manfaatini ko‘zlaydigan tuzuk bo‘lishini orzu qilaman.

5 aprel – O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni.

Bayramingiz muborak bo‘lsin! Kasal bo‘lmang!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
5 may 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Matchonboy sen nega qo‘lingga garmon olding. ...
15 june 2020
Respublika maxsus komissiyasining hayratga soladigan so‘nggi qarori: «Agar xo‘jalik yurituvchi sub'ektning belgilangan sanitariya-gigiena talablariga rioya etmagani natijasida koronavirus aniqlansa, ...
20 april 2018
O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurash kampaniyasi boshlandi. Bu kurashni mamlakat prezidentining o‘zi boshlab berdi. Mamlakatda majburiy mehnat yillar davomida ...
11 july 2016
Ukraina va Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida maqsadi ayollar va qizlarga nisbatan qilingan shilqimlik va jinsiy zo‘ravonlikka jamoatchilik e'tiborini tortishga qaratilgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...