Asosiy mavzular
6 april 2020

Tarmoq “ehson ber”, deya qo‘shiqchilarning ëqasidan oldi

Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida “Otarchilar, yo‘taling”, “Ozodbek, day million” degan chellenjlarga javoban “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi axborot xizmati bildirgi chiqardi.

Bildirgida aytilishicha, karantin davrining ilk kunlaridan to shu kunga qadar O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Farruh Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ulug‘bek Rahmatullaev, Mavluda Asalxo‘jaeva, Hosila Rahimova, Alisher Turdiev, Ziyoda Qobilova, rejissyor Sa'dulla Abdullaev hamda boshqa san'atkorlar tomonidan O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondiga 200 million 500 ming so‘m hamda kam ta'minlangan oilalar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun 152 million so‘m, umumiy hisobda 352 million 500 ming so‘m xayriya mablag‘larini hadya qilingan.

O‘zbek qo‘shiqchilarining elga xayriya qilishi qadimdan kelaëtgan an'ana. Ulug‘ hofiz Komiljon Otaniëzov (1917 -1975) to‘ydan tushgan pullarga maktab, ko‘prik, bog‘cha qurdirgani minnatdor avlodlar tomonidan eslanadi. O‘zbek raqs san'ati asoschisi Tamaraxonim (1906 -1991) Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zi ishlab topgan 300 ming sovet so‘mini tank zavodiga o‘tkazib bergan edi. Tank zavodi esa ustida “Tamarxonim” deb ëzilgan tank yasagandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 december 2025
39 yil avval — 1986 yil 1 dekabrda — mamlakat ekranlariga Georgiy Daneliyaning Rezo Gabriadze stsenariysi asosida suratga olingan ...
22 february 2021
Namangan viloyati hokimi prezident kelgan paytda tanqid qilingan mahallada bu yerda sharoit yaxshilanguncha yashashini bildirdi. — Har kuni shu ...
7 february 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan. Qiziltepa QFY turg‘uni Nigora ...
4 october 2018
Dubaydagi qimmatbaho mehmonxonaga 2 oktyabrda kelib joylashgan Gulnora Karimova aslida rossiyalik milliarder Sulaymon Karimovning qizi qizi ekani bildirilmoqda. Bundan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...