Asosiy mavzular
30 november 2025

1991 yil 30 noyabr kuni matbuot nimalarni ëzgan edi?

Bu 1991 yil 30 noyabrdagi “Pravda vostoka“ gazetasi. Gazetada so‘nggi 27 yil ichida o‘zbek millatiga berilgan yagona siësiy tanlov haqi aks etgan.

12583734_572855266212645_774823532_n
1991 yil 30 noyabrdagi “Pravda vostoka “ gazetasi

Gazeta 1991 yil dekabriga belgilangan prezident saylovi poygasida qatnashadigan ikki nomzod haqida bilgi beradi. Bu saylovda marhum prezident Islom Karimovning raqibi «Erk» demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih bo‘lgan edi.

Narxi o‘sha payt puli bilan 8 tiyin bo‘lgan bu gazetada hali SSSR tarqamagan kabi mazmundagi maqolalarni ham ko‘ramiz.

Gazetada chop qilingan TASSga oid maqola “Ukraina mustaqilligini AQSh tan olishi ëmon oqibatlarga sabab bo‘lishidan” ogoh qiladi.

Ayni sahifada Qirg‘iziston SSR bosh vaziri Nasridin Isanovning aviahalokat oqibatida 29 noyabr kuni halok bo‘lgani xabari chop qilingan.

Sahifa boshida esa SSSR parlamenti quyi palatasi SSSR Davlat bankiga SSSR Moliya vazirligi uchun 90 milliard so‘m (sovet so‘mi) ajratishga izn bergani ëziladi.

O‘sha kuni Moskvada chop qilingan «Nezavisimaya gazeta»si esa «Sovet imperiyasi o‘ldi” sarlavhani manjetga chiqardi.

Ayni gazetada Litvadagi KGB josusi bo‘lgan siësatchilar sazoyi qilingani va arman-ozari chegarasida otishmalar tinmaëtgani haqida ham ëziladi.

Gazetada 30 noyabr kuni Moskvadagi bo‘shab qolgan oziq-ovqat do‘koni ustiga GKChP tarafdorlari qizil bayroq tikib, unga “GKChP tirik. Ura!” degan ëzuvni ëzgani bilan bog‘liq hodisa haqida ëziladi.

Eslatib qo‘yamiz, 1991 yil 30 noyabrida magazin ustiga qizil bayroq osish shu kunlarda Toshkentda IShIDning qora bayrog‘ini osish bilan teng oqibat kasb qilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 november 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 14-qismi yosh shoirlarga tavsiyalariga bag‘ishlanadi.
27 october 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi (26.10) shu nomdagi partiyaning parlamentdagi fraktsiyasi yig‘ilishida 2017 yilga mo‘ljallangan byudjetnoma – davlat byudjeti, davlat maqsadli ...
7 november 2025
Ilgari Rossiya qurol aslahalaridan foydalanib kelgan Ozarbayjon armiyasi NATO standartlariga o‘tkazilmoqda. Bunday imkoniyat O‘zbekistonda ham bor.  Bu esa endilikda ...
24 march 2017
23 mart kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga yutqazdi. Ancha sust kechgan o‘yin yakunida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...