Asosiy mavzular
18 april 2020

O‘zbek kinochilari o‘z rahbarini koronavirusdan foydalanganlikda ayblashdi

«Eltuz» tahririyatga joriy yilning 14 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov nomiga yuborilgan jamoaviy murojaat nusxasi kelib tushdi.

109 nafar o‘zbek kino arbobi imzolagan bu hujjatda 2019 yil sentyabrida «O‘zbekkino»ga rahbar etib tayinlangan Firdavs Abduxoliqov o‘zining volyuntaristik harakatlari bilan o‘zbek kinematografiyasini butunlay botqoqqa botiraëtganidan shikoyat qilinadi.

Maktubda Firdavs Abduxoliqov koronavirus pandemiyasini bahona qilib odamlarni ishdan bo‘shataëtgani va agentlik mulki bo‘lgan kinolarni o‘z tasarrufidagi telekannalarga tekin ulashaëtganidan xavotir bildiriladi.

16 aprel kuni «Daryo» va «Hyuman.o‘z» saytlaridan sirli tarzda o‘chib qolgan bu murojaat 17 aprel kuni yana shu saytlarda qayta tiklandi. Kamiga «Kun.o‘z»da ham chiqibdi.

18 aprelga kelib, «Eltuz»ning «O‘zbekkinoda»gi manbasiga ko‘ra, kinochilar ikki lagerga ajralishgan, shikoyatga imzo chekkan ayrim shaxslar esa o‘z imzolarini qaytib olishganini bildirishmoqda.

Kinochilar shikoyati bilan tanishgan faol Farhod Akbarov “Kinochilarning boshlig‘i yomon bo‘lsa, yaxshi kinochilar qani?” deya savol qo‘yadi.

“Kinochilarning o‘zi yomon bo‘lsa, yaxshi boshliq qani?

Har ikkisi yaxshi bo‘lsa, yaxshi kino qani !?

Har ikkisi yomon bo‘lsa, bular nega va nimani talashmoqda?

Byudjetdan ajratilgan milliardlab pullarni nimaga sarflashmoqda?

Nega dehqon foyda-zararni gardaniga olib yashashi kerak?

Kinochi dehqonning puliga san'atkor bo‘lib, nega xalqni didsizlikda ayblashi kerak?

Nima uchun ularni xususiylashtirish haqida hech kim o‘ylab ko‘rmaydi?

San'atning barcha janr va yo‘nalishlari xususiylashtirilsagina haqiqiy iqtidorlarga ehtiyoj tug‘iladi, haqiqiy san'at asari dunyoga keladi.

Amaldorning bolasi amaldor bo‘lishi mumkin, ammo amaliga loyiq bo‘la olmaydi.

Shuningdek, san'atkorning farzandlari ham ota-onasi kabi yuksak san'atkor bo‘lishi mumkin emas.

Ya'ni ko‘lmak kuni kelib dengizga, ummonga aylanishi mumkin, ammo ummon o‘zidan kattaroq yana bir suv havzasiga aylanishi mushkuldir”.

«Eltuz» o‘z o‘quvchilari diqqatiga o‘zbek kinochilari bosh vazirga yo‘llagan maktubni to‘laligicha taqdim qiladi. O‘zingiz o‘qib xulosa chiqaring.

Ilova: Bosh vazirga murojaatning PDF matni.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 june 2024
Makkada jazirama issiq tufayli halok bo‘lganlar soni 900 dan oshdi. Eltuz iqlim o‘zgarishiga oid xabarlar bilan o‘z ko‘rsatuvlarini davom ...
12 may 2021
Rassom Tuz karikaturasi
15 march 2017
O‘n ming so‘mlik kupyura chiqishi haqidagi gaplar ortidan o‘tgan haftada AQSh dollari narxi rekord 7500 ga ko‘tarildi. Bu mavzu ...
17 january 2026
Davrning buyuk masalalari nutqlar va ko‘pchilikning ovozi bilan emas, balki temir va qon bilan hal qilinadi. — 
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...