Asosiy mavzular
22 december 2020

Kosonda 8 kishi tomonidan kaltaklangan 57 yoshli erkak vafot etdi

Bosh miyasidan jarohat olgan Qashqadaryo viloyati kosonlik 57 yoshli Mahmud Mamasharipov 12 dekabr kuni olamdan o‘tdi. Uni 22 noyabr kuni o‘zi yashaydigan Paxtazor mahallasidagi savdo majmuasi oldida bezorilar kaltaklagan edi. 

Kaltaklanganlar soni 4 ta bo‘lgan. Ulardan biri o‘ldi, ikki kishining ahvoli og‘ir, yana bir kishi bir necha joyidan pichoq bilan jarohatlangan.

IIB bunga sovuqqonlik bilan qarayapti, deya iddao qildi marhumning o‘g‘li Mirolim Mamasharipov “Eltuz”ga. 

Ma'lum bo‘lishicha, ota-bola do‘kondan chiqib, uylariga qaytayotgan vaqtda o‘rtacha yoshi 23 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan sakkiz yigit ularning yo‘lini to‘sgan va ayovsiz kaltaklagan.

Murosaga kelinmagach, o‘g‘il akasiga qo‘ng‘iroq qilgan. Akasi pochchasi bilan yetib kelganida ularga ham pichoq va temir jismlar bilan tan jarohati etkazilgan. Kaltaklanganlar shifoxonaga olib ketilgan. Bezorilar esa voqea joyidan yashiringan.

– Bezorilar bizga hujum qilganda otam ikkalamiz edik,- deydi Mirolim Mamasharipov. – Do‘kondan chiqayotganimizda ular bilan tortishib ketdik. Bu bolalarni mahallada hamma taniydi. Umri ko‘chada o‘tadigan bu bezorilar dastidan ko‘chada erkin yurib ham bo‘lmaydi. Ular bilan avval bir marta kelishmay qolganman. Meni so‘kkan. Men ham ularni so‘kkanman. Barchasi bir bo‘lib meni kaltaklashga mavrid izlab yurgan ekan.

Shu mahallada istiqomat qiluvchi (ismini sir tutishni so‘ragan) kishining so‘ziga ko‘ra, bir mahallaning o‘zida o‘ndan ortiq fohishaxona bor. Ularni to‘xtatadigan, ishini o‘rganadigan odam yo‘q.

– Uchastka nozirlarining o‘zlari u ayollardan cho‘chiydi, -deydi u. -Tili qisiq joyi bormi, bilmadim, ammo ular mahalladan fayzni aritdi. Yosh o‘spirin yigitlar ana shu fohishalarni talashib, mushtlashib, pichoqlashish holatlari ham ko‘p bo‘ladi. Ushbu pichoqlashuvdagi bolalar ham doim ko‘chada har xil narsalarni chekib o‘tiradi. Mahalla raisi esa befarq. Och qornim, tinch qulog‘im, deydiganlardan.

Tuman hokimligi xodimi ushbu mahallada bu kabi ko‘ngilsiz hodisalar ko‘p bo‘lib turishini, voqeani esa tuman IIB nazoratga olganini bildirdi.

– Voqea qonun doirasida o‘rganilmoqda, – dedi “Eltuz” bilan suhbatlashgan IIB mulozimi. – Aybdorlar o‘z jazosini oladi. Ikki fuqaro ustidan jinoyat ishi ochilgan. Qolgan yigitlar so‘roq qilinmoqda. Xolis guvohlar ham bor. Voqeani o‘rganishda hech qanday muammo tug‘ilgani yo‘q. Tergov jarayonlari davom etmoqda.

Tag‘in o‘qing
9 april 2023
Junaidxonning Rossiya bilan ushbu kelishuvi Xiva xonligining Taxta qal'asida imzolangani uchun “Taxta shartnomasi” deya tarixga kirgan. Bitim Sovet hukumati Xiva ...
1 march 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Shaxsan hech qachon rus xalqiga kin va nafrat tuymadim. Aksincha, yoshligimda Rusiya bilan bog‘liq ishlarimda ...
16 january 2022
O‘zbekistondagi har bir mulozimning ichida bitta shoir, har bir shoirning ichida bitta mulozim yashaydi. Bu yaxshimi ëmonmi, bilmayman. Shavkat ...
11 june 2018
Yaqinda OAV vakillari bilan uchrashgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi, prezidentning davlat maslahatchisi Qahramon Quronboev o‘zining zo‘ravonligi bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...