Asosiy mavzular
30 october 2021

Yulduz Usmonova sudda yutqazdi. U shoirga 185 million to‘lashi kerak

29 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Yusmonovaga qarshi da'vo arizasi yuzasidan sudning yakuniy majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Bu gal ham sud xonanda ishtirokisiz o‘tdi. Yo‘lchi Ro‘zievning “Xasta bo‘lma” she'ri muallifligi bo‘yicha da'vo arizasida ko‘rsatilgan va'jlar tomonlarning ishonchli vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Sudda da'vo arizasi qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan shoir Yo‘lchi Ro‘ziev foydasiga yetkazilgan ma'naviy zarar uchun 50 million so‘m hamda BHMning 500 baravari miqdorida mablag‘ undirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Sud qaroridan norozi bo‘lgan tomon 10 kun ichida apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin.

Yo‘lchi Ro‘ziev va uning advokati Ravshan Mardievning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, o‘tgan hafta davomida javobgar tomonidan o‘zaro kelishib olish uchun shoirga 30 million so‘m miqdorida pul taklif qilingan. Shoir buni rad etgan va hukmni sud ixtiyoriga qoldirgan.

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziev suddan ikki she'rini qo‘shiq qilib kuylagan Yulduz Usmonovadan qalam haqini undirib berishni so‘ragandi. 

Shoirning so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha yil avval qo‘shiq qilingan she'rlari uchun xonandaning ma'murlari uning nomidan qalam haqi va'da qilgan. Ammo va'da va'daligicha qolib ketgan. 

Yaqinda esa Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoq orqali mazkur sudlashuvga oid holatga shaxsiy munosabatini bildirib, shoir Yo‘lchi Ro‘zievga “Axlatiy” deya ta'rif bergandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 february 2017
18 yil qamoqda bo‘lgan taniqli jurnalist, 63 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamoq muddatini to‘liq o‘tab bugun ozodlikka chiqdi. ...
11 november 2016
Ayni kunlarda O‘zbekistondagi barcha bosma nashrlarning butun diqqat-e'tibori 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga qaratilgan. Qaysi gazetani olib qaramang, ...
17 april 2018
Farg‘ona viloyatidan olgan ma'lumotlari asosida 17 aprel kuni «Xabar.uz» sayti tomlarning shiferlarini jigarrangga bo‘yayotgan o‘qituvchilar suratini e'lon qildi. Saytning ...
6 april 2020
Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida “Otarchilar, yo‘taling”, “Ozodbek, day million” degan chellenjlarga javoban “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi axborot xizmati bildirgi chiqardi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...