Asosiy mavzular
11 january 2022

Avliyo Lukaning bashorati

Lukashenkoning yaqin kelajakda «O‘zbekiston ham g‘alaënga sahna bo‘lishi» haqidagi gapini ikki xil talqin qilsa bo‘ladi: Birinchi talqin – «Luka O‘zbekistonni ODKB (KXShT)ga kiritish uchun bosim qilyapti.» Ikkinchi talqin esa – «Haqiqatdan ham shunday tahlika mavjud».

Demak, Qozog‘istondagi muammolardan biri – «bir hovuch boylarning yaxshi yashab, aksar aholining qiyinchilikka mubtalo bo‘lishi» edi. Ya'ni, mamlakat boyligining aksari bitta oila mansub bo‘lgan Shaprashti urug‘ining 200 a'zosi qo‘lida bo‘lganidir. Bu muammo O‘zbekistonda bormi ëki yo‘q?

Ikkinchi muammo – Elbasi Nazarboev kuëvlarining hashamatga o‘chligi¸ ochko‘zligi va reyderlari bilan bog‘liq. Bu muammo O‘zbekistonda bormi ëki yo‘qmi?

Uchinchi muammo – qattiq sovuqda gaz qimmatlashi va energiya bilan bog‘liq muammo. Bu muammo O‘zbekistonda bormi ëki yo‘q?

To‘rtinchi muammo – boshqaruv tizimlaridagi oshkora o‘g‘irlik¸ korruptsiya¸ tendersiz buyurtmalar va huquqiy nigilzm. Bu muammo O‘zbekistonda bormi ëki yo‘qmi?

Beshinchi muammo – esa aynan O‘zbekistonda mavjud bo‘lib, bu barcha sanalgan boshqa muammolarni portlatadigan detonator vazifasini bajarishi mumkin. Bu ehtimoliy falokat O‘zbekistonning o‘zidagi taym bombadir. Bu – vahobiylik, salafiylik, Hizb ut-Tahrir kabi ekstremistik oqimlarga ortiqcha moyillik, IShID va Tolibonga nisbatan o‘zbeklarning oshkora ehtirosli muhabbati, takfirchilik. (Tolibon g‘alabasini oshkora qutlash, Suriyaga seks jihodga keltgan minglab aëllar, Misr va Turkiyada vahobiylik markazlarida o‘qitilaëtgan bolalar va hokazo)

Gapning ochig‘i, peshanamiz sho‘rligi aniq.

Tag‘in o‘qing
18 april 2019
Shu yilning 20 mart kuni Xalq ta'limi vazirligi saytida “Farg‘onaning Quva tumanidagi 50-maktab yer maydoni va qo‘shimcha bino o‘quv ...
4 june 2021
Surxonga nur yog‘di, jonlandi olam, Go‘yo farishtalar bo‘lganidek jam. Otamiz keladir mard tashlab qadam, Surxonga jannatdan shamol yeladi, Ey ...
29 january 2019
Marhum prezident Islom Karimovning suyangani uni salkam payg‘ambar o‘rnida ko‘rgan yoshlar va qariyalar edi. U bir parcha non uchun ...
14 july 2025
Rassom og‘a doim bolasini o‘ris bog‘cha va maktabga berganlarni qoralaydi. Bu fikrga to‘liq qo‘shilaman. Doim bolalarimni faqat o‘zbek bog‘cha-maktabga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...