Asosiy mavzular
8 may 2022

Kinopublitsist Abdulaziz Mahmudov olamdan o‘tdi

Taniqli kinopublitsist Abdulaziz Mahmudov og‘ir xastalikdan so‘ng  8 may kuni 71 yoshida Toshkentda vafot etdi. Bu haqda Eltuzga uning singlisi xabar berdi.

O‘z zamonasoz kasbdoshlaridan farqli Abdulaziz Mahmudov 1980 yillar oxiri va 1990 yillar boshidagi mustaqillik uchun kurash aks etgan real voqealarni videotasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan kamgina shaxslarning biri edi.

Abdulaziz Mahmudov o‘z kamerasi orqali 1989 yilning yozida Farg‘onada turk mesxetilari bilan mahalliy o‘zbeklar o‘rtasidagi yuz bergan qonli voqealar; endigina jabhalana boshlagan va hukumat bosimiga uchragan norasmiy harakatlar va shaxslar hayoti; muxolifatdagi “Birlik” va “Erk” partiyasining tuzilishi kabi siyosiy voqealarni aks ettirgan edi.

Shuningdek, Mahmudov rasman “O‘zbekkinoxronika”, “O‘zbekfilm” kinostudiyalarida kinodramaturg va rejissyor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Kinomatografistlar uyushmasining a'zosi bo‘lgan.

Eltuz jamoasi Abdulaziz Mahmudovning yaqinlariga o‘z ta'ziyasini bildiradi.

Tag‘in o‘qing
16 october 2019
“Bizdan jiz-z!”ning bugungi sonida Shvetsiyada yashovchi o‘zbek faoli Do‘stnazar Xudoynazarov “Eltuz” muxlislari uchun pishloqli sharchalar (sыrniki) qanday tayyorlanishini namoyish ...
16 january 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov o‘z qo‘li ostida bo‘lgan ikki zobit – Javdat Sharifxo‘jaev va ...
26 june 2018
Huquq faoli Dilmurod Sayyid qamoqdaligida uni ko‘rishga borayotgan payti avtohalokatga uchragan qizi va rafiqasi ishi yuzasidan 25 iyul kuni ...
30 may 2017
Angren shahrida O‘zbekistonning sho‘rolar davrida ilk prezidenti bo‘lgan Yo‘ldosh Ohunboboevga o‘rnatilgan haykal buzib tashlandi. Bu haqda 29 may kuni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...