Asosiy mavzular
10 september 2022

Toshkentdagi «Ilxom» teatri spektakli «tolibonparast» teatr uyushmasi «donosi» ortidan bekor qilindi

10 sentyabr kuni «Ilxom» teatrida premerasi kutilgan «Yer ostidagi qizlar» (Underground Girls) spektakli O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi Ëqub Ahmedov xatidan so‘ng bekor qilindi.

Spektakl o‘rniga teatr jamoasi matbuot anjumani o‘tkazib  dunëda taqiqlangan tolibon rejimi ta'siriga tushgan «uyushma» taqiqiga izox beradigan bo‘ldi.

Bu haqda Eltuzga Ilxom teatri vakili Nikita Makarenko ma'lum qildi.

1937 yil uslubidagi «donos»

Eltuzda nusxasi bo‘lgan O‘zbekkston teatr arboblari uyushmasi raisining xatida «Afg‘onistondagi ijtimoiy diniy va siësiy ahvolni G‘arb dunëqarashi asosida keng jamoatchilikka ko‘rsatish ikki tomnlama davlat aloqalriga putur yetkazadi» deya ëziladi.

 Spektakl nega mulozimlarni hurkitdi?

E. Reyli va Ya. Skrjivaneklar muallifligidagi «Yer ostidagi qizlar» (Underground Girls) spektakli Afg‘onistonda 2021 yil avgustida hukumat Tolibkar qo‘liga o‘tkanidan keyin daxshatli ahvolga tushgan aëllar haqida hikoya qiladi. Loyihaning bosh homiysi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi. Strategik hamkor Shveytsaeriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi. Loyiha hamkori Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Stalinparast va tolibonparastlar sevmaydigan maskan

«Ilhom» teatri 1976 yilda «Yosh teatrlarning eksperimental studiyasi» nomi bilan tuzilgan bo‘lib, Sovet Ittifoqi hududida hukumatga tegishli bo‘lmagan ilk mustaqil teatrlardan biri bo‘lgan. Uning asoschisi va badiiy rahbari Mark Vayl 2007 yilda diniy radikallar tarafidan  o‘ldirib ketilishi ortidan, teatr «Mark Vaylning «Ilhom» teatri» deb nomlandi.

Teatr xalqaro festivallarda O‘zbekiston san'atini taqdim qilib keladi.

«Ilhom» teatri O‘zbekistondagi o‘ziga xos madaniyat va hurfikrlilik markazi sifatida faoliyat yuritib keladi. 2018 yili «Ilhom» teatrida Britaniyada taniqli kinochi Armando Ianuchchi ( Armando Iannucci) tarafidan suratga olingan “Stalinning o‘limi” (The Death of Stalin) filmi bepul namoyish qilingani ortidan Adliya vazirligi tarafidan “kino namoyishida Stalinni sevadiganlarning his-tuyg‘ulari poymol bo‘lgan va millatlararo nizo chiqish xatari bor” degan iddaolar asosida teatr rahbariyati rasman ogohlantirilgan edi.

Tag‘in o‘qing
21 january 2020
Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih hayoti haqidagi “Begona” filmining oxirgi 14-qismi uning umr yo‘ldoshi, biolog olima, ...
18 december 2020
Bundan roppa-rosa 100 yil oldin bolsheviklar qo‘mondoni Mixail Frunze avval Buxoroni, keyin uning shotirlari Xivani to‘plardan o‘qqa tutib, ikki ...
29 july 2022
Shu kunlarda qochgan ham quvgan ham ro‘mol deb tomoq yirtmoqda. Bu to‘qsonlar oxirida Turkiyani dunëviylikdan mosuvo qilmoqchi bo‘lgan oqinchilar ...
5 october 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbeistonning Jizzax, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...