ART-DURBIN
14 november 2025

Xorazmdagi Avesto muzeyi yopiladimi?

Xorazm bir vaqtlar zardushtiylik poytaxti bo‘lgan. Zardushtiylar muqaddas kitobi – “Avasto”da bayon qilingan voqealar asosan, “Arianam Vayja” mamlakatida, ya'ni olimlar tomonidan “Katta Xorazm” deb atalgan davlatda ro‘y beradi.

Bu davlat Boxtar, Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Xorazmni o‘z ichiga olgan.

Ushbu ta'limot asoschisi Zartusht bo‘lib, u o‘z ta'limotini jamiyatda yashovchi har qanday sinf vakillari orasida qo‘rqmasdan tarqatib o‘zining haqligini isbotlay olgan.

Eramizdan oldingi 8 asr oxirida dunyoga kelgan Zartusht Quyi Amudaryo hududida yashagan.

Zardusht ta'limotida insonning yaratilishdan maqsadi – farovonlik,  o‘zining va o‘zgalar baxtiga intilishidir.

«To‘g‘ri fikr», «to‘g‘ri so‘z» va «to‘g‘ri amal» zardushtiylik asosidir.

Kamolot cho‘qqisini zabt etish va abadiy saodatga erishish uchun Zardusht o‘z izdoshlarini dunyoga, shod-xurramlikka va shonli hayotga bog‘lanib qolishdan to‘xtatmaydi.

12 ming qoramol po‘stiga ëzilgan «Avasto» kitobi Xorazmda yaratilgan.

Bundan 22 yil oldin YuNYeSKO qaroriga ko‘ra, Urganchda «Avesto»ga monument o‘rantildi va atrofida bog‘ va muzey barpo qilindi.

O‘zbekistonning islom ishg‘olidan oldingi osori atiqalari, topinoq va sig‘inoqlarini qadrlash mamlakat tarixini tugal bilish uchun zarur.

Misr, Turkiya kabi musulmonlar yashaydigan davlatlar va Saudiyada ham islomdan oldingi arxitektura ëdgorliklari avaylab saqlanmoqda.

Bir muddat Suriya va Iroq hududlarini ishg‘ol qilgan IShID jangarilari o‘z nazarida shirk bo‘lgan qadimiy obidalarni portlatishgan edi.

Ayni shaklda Tolibon Bomiëndagi Budda haykalini portlatgan edi.

Keyingi paytlarda O‘zbekiston rahbariyatiga ta'sir o‘tkazishga urinaëtgan konservativ diniy ruhoniylar mamlakatning islomdan oldingi tarixiga oid osori atiqlari va oboidalarni yo‘q qilish payida bo‘lishmoqda.

Buxorodagi qadimiy qurigan tut daraxti muftiy buyrug‘i bilan “sof Islomga” to‘g‘ri kelmagani uchun olib tashlangani bunga misoldir.

Bu mantiqdan kelib chiqilsa, Samarqanddagi Sherdor madrasasini ham buzish lozim.

Chunki madrasa peshtoqidagi quësh tasviri zardushtiylik timsolidir.

Shu kunlarda Xorazmdagi avesto bog‘i va muzeyi tugatilib, o‘rni mahalliy tadbirkorlarga uy qurish uchun beriladi degan gap chiqdi.

Bu to‘g‘rimi?

22 yildan beri Avesto muzeyiga rahbarlik qilib kelaëtgan 82 yashar Komil Nurjonovga bur savol bilan murojaat qildik.

O‘tkan asr oxirlarida o‘zbek shoiri Mirzo Kenjaboev Avesto ohanglari degan turkum she'rlar ëzgandi.

Kaftimga mixladim iyagimni men

San'atla tig‘ladim yuragimni men

Yuz bukib ikki yuz suyagimni men

Mehmon bo‘lib keldim Zardo‘shtga…

Urganchdagi Avasto muzeyi Xindiston, Eron va dunëning turli joylaridagi zardo‘shtiylar mehmon bo‘lib keladigan go‘shaga aylandi.

Bu maskan toshga aylangan daraxt saqlanadigan dunëdagi uch muzeydan biri.

Ammo muzey davlat e'tiboriga muxtoj.

Raqibim Ahriman

Jamgohim sukut

Beshiklar kuylaydi.

Kul bo‘lar tobut

Qarog‘im yarog‘im qovurg‘am sovut

Posbon bo‘lib keldim Zardo‘shtga

(M. Kenjaboev)

Zardo‘shtiylik – qadim Xorazm tarixining ko‘hna sahifasi.

Sosoniylar davlati vayron bo‘lib, Xorazm tuproqlariga arablar hujum qilgani ortidan zardo‘shtiylik tanazzulga yuz tutdi.

Zardo‘shtiy otashkadalari buzilib, o‘rnida masjidlar qurildi.

Bugungacha Eronning Yazd va Karmana shahrida va Turkiyaning Mardinida yashaëtgan zardo‘shtlar doimiy bosim va takfir ostida qolmoqda.

Bugun koservativ dindorlar bosimi ostida qolgan Urganchdagi Avesto muzeyi direktori Komil Nurjonga ko‘ra Xorazmda bugun ham zardo‘shtiylik rituallari saqlanib qolmoqda.

Tarix – ulug‘ muallim. Ajdodlar ëdi – muqaddas.

O‘zbekistonning islomgacha bo‘lgan tarixi va san'ati muxtashamdir. Xorazmda tug‘ilgan buyuk olim Beruniy “Osorul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarida mamlakatning islomgacha bo‘lgan davridagi muhtasham madaniyat haqida so‘z yuritadi.

Ammo Beruniyni o‘qimagan mahalliy rahbarlar shahar markazidagi obod joylar va muzeylarni yo‘q qilib o‘rnini uy quruvchi tadbirkorlarga sotib pul qilishni istashadi.

Chunki ular uchun tarix mavjud emas.

Oniy manfaat uchun har narsaga hozir tujjorlar bois qadim Shahrisabz shahri YuNYeSKO ro‘yxatidan chiqarilishga bir bahya qoldi.

Shular sabab Xiva tarixidagi eng katta ziddiyat guvohi bo‘lgan Gandimiën saroyi ëg‘och kesadigan piloramaga aylantirildi.

Shular sabab Xivadagi Nurillaboy saroyining eshigi va qadimiy kaminlari o‘marilib sotildi.

Ëvuzlik timsoli Ahriman – Axuro Mazdo ezgulik yaratgan har bir go‘shada Ilonlarni yaratding!

Sen xohish irodang ostida

Ularni yashnatding, yayratding

Mayli Axriman,

Mayli Faqat bir e'tiroz faqat bir savol

Sen nega ularning barini

Odamzod shaklida yaratding?

Tag‘in o‘qing
2 june 2017
1 iyundan mamlakat ichki bozorida GM Uzbekistan avtomobillari milliy valyuta – so‘mga sotiladigan bo‘ldi. Bu haqda shirkat raxbariyati 31 ...
2 march 2021
“Qizlarim qaerdaligini bilmayman. Xotinim esa kechalari bilan uxlay olmaydi. Men g‘amga botdim”. O‘n minglab odam qatori Xitoyning “qayta tarbiyalash ...
28 november 2025
TINTUV, AYBLOVLAR VA MANBALAR TILGA OLAYoTGAN BAHSLI HOLATLAR 26 noyabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan bloger Sanjarbek Karimov ...
22 december 2025
Kecha 21 dekabr kuni Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori Hammadullaev Xudoyor Baxtiyor o‘g‘li o‘zini osgan. 25 yoshli yigit ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...