Asosiy mavzular
8 august 2024

Quyichirchiqda nogiron ayolning bolasi tortib olindi

Quyichirchiq tumani Madaniyat mahallasida yashovchi Nafosat Yusufboeva qaynonasi va erining tayziqiga uchrab uydan haydalgan. Qaynona va er Nafosatning ikki yashar qizini tortib olib, uchrashishga to‘sqinlik qilmoqda.

Nafosat Yusufboeva bolasini qaytarib olish maqsadida mahalla, ichki ishlar, tuman va viloyat fuqarolar sudiga, MIB va Respublika xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qilgan.

Fuqarolar sudi bolani onada qoldirish haqida qaror chiqardi. Biroq mahalliy IIB, prokuratura va MIB sud hukmini ijro qilish yuzasidan hech qanday harakat amalga oshirmayapti.

Nafosat Yusufboeva 2-guruh nogironi, uning qo‘lida bir yashar farzandi qolgan – to‘ng‘ich qizi bilan esa sakkiz oydan beri ko‘risholmay sarson.

Zolim qaynona va er shantaj va do‘q-po‘pisa bilan davlat ijro organlarini qo‘rqitib, qizaloqni onasiga qaytarishdan bosh tortmoqda.

Noiloj qolgan ona farzandini qaytarishda Ombudsman va Toshkent viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasidan amaliy yordam so‘rayapti.

Tag‘in o‘qing
14 may 2023
Buxoro viloyat IIB tarqatgan bildirgida jinoyat tafsiloti ham keltiriladi. Biroq tergovga xalaqit bermasligi uchun jurnalistlardan bu ma'lumotlarni oshkor etmaslik ...
29 may 2025
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Tamabaxrin mahallasi faoli bo‘lib ishlagan Saibnazarov Rauf Toshxonovich Eltuz tahririyatiga murojaat qilib, tuman hokimiyati tomonidan ...
6 march 2020
O‘zbekiston Aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi (MMA) Andijon viloyati bo‘limining navbatdagi konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.  Konferentsiyada assotsiatsiyaning Andijon viloyati bo‘limi rahbari ...
2 january 2025
Prezident qarori Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchining vakolatlari kengaytirirlib katta qamrov kasb qildi. Bundan buën Umrzoqov mamlakatning ichki va tashqi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...