Asosiy mavzular
8 january 2025

Ramzanning bayonoti O‘zbekiston prezidentiga tahdid

Tahlilchi Alisher Ilhomov yozadi: Ramzan Qodirovning so‘nggi bayonotiga yana bir izoh bermoqchiman.

Bu baënotda Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti kuëvi Otabekni hokimiyatni qo‘lga olish uchun fitna uyushtirish ayblovlaridan himoya qilishga urinadi.

Bayonotda, shuningdek, Allamjonov va adminstratsiya xodimi Dmitriy Li adresiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilingan.

Holbuki Allamjonov va Li hech bir xolatda Ramzanga nisbatan dushmanlik munosabatini keltirib chiqarmagan va Ramzanni tanqid qiluvchi chiqishlarni umuman omma oldida ifoda qilmagan.

Nishonga olinib taxdid qilinganlardan biri endilikda davlat xizmatchisi emas. Ammo Dmitruy Li joriy iqtidorni tamsil qiladi.

Demak, Qodirov O‘zbekiston hukumatining yuqori martabali a'zosiga tahdid qildi.

Ayni paytda, Alamjonovga qilingan suiqasdni tergov qilish bo‘yicha O‘zbekiston rasmiylarining so‘nggi harakatlarini prezidentning shaxsan o‘zi nazoratga olib amalga oshiraëtganini nazarda tutsak, Qodirovning tahdidlari asosan Mirziyoevning o‘ziga qaratilgan deb hisoblanishi kerak.

Demak, O‘zbekiston Prezidentining hayoti xavf ostida.

Mirziyoev Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurganida bu xavf kuchayadi. Endi u tegishli xulosalar chiqarsin.

Shuni ham yodda tutish kerakki, Qodirov Kreml bilan oldindan kelishuvsiz bunday bayonotlar bermagan bo‘lar edi.

Demak, Putin katta ehtimol bilan bu tahdidlarga yo‘l qo‘ygan va hatto buning uchun tegishli sharoitlar yaratilgan taqdirda ham O‘zbekiston prezidentiga suiqasd uyushtirishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Tag‘in o‘qing
2 december 2023
Huquq tartibot idoralari maxsus kuchlari 1 dekabr, ya'ni kecha kechqurun taniqli tadbirkor, postsovet hududida “Salimboy”, “Salimboyvachcha” deya tanilgan Salim ...
8 february 2016
Elsevar o‘zining yangi hajviy suratini Toshkentning «qizil chiroq»lariga bag‘ishlaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
17 december 2025
Tabiblik bilan shug‘ullanib, xalq orasida “Bio nur” sohibi sifatida tanilgan Iqbol Saliev 10 sutkaga ma'muriy qamoqqa olindi. Jinoyat ishlari ...
28 april 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...