Asosiy mavzular
19 february 2025

Chortoqda tadbirkorlarni qanday shilishyapti

Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon shaharchasidan yozyapman. Aslida buni yozsam ham, yozmasam ham menga baribir.
Lekin holatni ko‘rib vijdonim qiynalib yozgim keldi. Xullas, Chortoq soliq inspektsiyasi Chortoq tumani bo‘ylab pul ishlashni zo‘r sxemasini o‘ylab topishgan.

Inspektsiya gap tashuvchi quloqlarni rosa ko‘paytirgan. Menimcha, ularning soni yuzdan oshadi.

Ya'ni ularga shunaqa xizmat yuklanyapti: do‘konga kirasan, arzimagan narsa sotib olib, keyin chek bermadi deb do‘konni rasmga olasan. Inspektsiyaga borib kirgan do‘konlaring manzilini aytasan va biz ularning bo‘yniga qarzni ilamiz.

Shu ulushdan sen shuncha foiz olasan. Kichkina do‘kon sohiblari kuniga 150-200 ming so‘m daromad qiladi. Lekin mana shu puldan soliqdagi qorni katta gazandalarning umidi katta.

Chortoq soliq inspektsiyasi korruptsiyaga belanib yotibdi. Endi bular tumandagi jamiki do‘konlarga shoqollarni kiritib, rasmga oldirib, soqqani ishlayapti.

Hozirgi kunda metan, gaz yo‘q. Benzin Amerikadagidan qimmat. Mol go‘shti 100 ming so‘m. Qimmatchilik tig‘iz vaqtda bular mayda tadbirkorlarni shilishning yangi variantlarini topish bilan band.

Tavsiya. Mabodo yaxshi boqilmay¸ o‘qish o‘qimay qolgan ishsiz¸ uysiz¸ xotinsiz pulsiz yigit bo‘lsang umidni uzma uka. Rossiyaga borib loy tashib yumurtoga zo‘r tushurma. Senga bir vaqtning o‘zida uyli¸ pulli¸ moshinli¸ ishli va xotinli bo‘lish yo‘lini o‘rgataman.

Oldin xammomga tushib sal kepatani tartibga sol. Ishidcha soqol qo‘y. Krutoy prikid ( usti vosh) sotib ol. Akang opangdan qarz ol¸ katta momongni o‘limlikka qo‘ygan pulini sondiqdan ol. Ag‘ini o‘zing bilasan.

Keyin to‘yga yuradigan ammo eri yo‘q arts qizlarni bir qator monitoring qilib chiq. Ko‘proq pul topadiganini o‘ra. O‘ralgan paytda srazi uylan.

Mana senga kasb. Artistni eri. Nima seni Dildorani eridan kam joying bormi.

Qolaversa feysing ham tortadi.

O‘sha arts senga xotin bo‘ladi. Uni uyi senga uy bo‘ladi. Uni moshinasi seniki bo‘ladi. To‘yga o‘zing oborib qo‘ltig‘idan ushab ichariga apkirib qo‘yvorasan.

Keyin pilesos bo‘lib to‘yda qistirilgan pullani begana qilmay terib olasan. To‘yda qorningam to‘yaadi. Ëshliqda ko‘rmagan ne'matlarni yeysan nihoyat. Gulday xunar.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
18 december 2025
«Miss Finlyandiya» tanlovi g‘olibi Sara Jaftse noyabr oyi oxirida ko‘zlarini qisib tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. «Men xitoyliklar bilan ...
6 december 2017
4 dekabr kuni Shvetsiyaning Stokholm shahrida O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimjon Ozodov o‘zbek migrantlari bilan uchrashdi. Konsulning gapidan O‘zbekiston hukumatining ...
21 november 2023
O‘zbekiston X faktor shousini o‘tkazadigan dunëdagi 58 davlatdan biri bo‘ldi. Qadrli muxlislar, bugungi mavzuimiz 19 noyabr kuni 12 nafar ...
29 june 2018
O‘zbekistonda 27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlandi. Shu kuni hukumat rasmiylari o‘zlari «zo‘r sanagan» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...