Asosiy mavzular
23 march 2025

Stokholmda Navro‘z

Stokholmdagi Renkebu xalq uyida Navro‘z bayrami  munosabati bilan Ӯzbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan kontsert dasturi bӯlib ӯtdi. 

Tadbirni Ӯzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi Rahmatilla Nurembetov ochib, barcha vatandoshlarimizni bahor bayrami – Navrӯzi olam bilan tabrikladi. 

Skandinviya mamlakatlari ichida Shvetsiyada ӯzbeklar kӯpchilikni tashkil etadi. Tadbirda uch yuzdan oshiq vatandoshlarimiz ishtirok etishdi. Ӯzbekistondan tashrif buyugan xushovoz xonandalar – Sherzod Irgashev, Mustafo (Zoxid Yusupov) va «Xalqlar do‘stligi» ansambli sozandalari ӯz san'atlari bilan vatandoshlarimiz kӯngillarini shod etishdi. 

Stokholmda Ӯzbekiston elchixonasi ochilgandan buyon bu yerdagi millatdoshlarimiz hayotida yangi sahifalar ochildi. Ӯtgan ikki yil davomida yurtdoshlarimiz ishtirokida futbol, kurash va shahmat musobaqalari uyushtirildi. Mustaqillik, mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, Yangi yil va Navrӯz bayrami munosabati bilan turli madaniy tadbirlar uyushtirilib, vatandoshlar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Bugungi Navrӯz shodiyonalari ayniqsa esda qolarli taassurotlarga boy bӯldi. Ayniqsa, Sherzod Irgashevning vatanga muhabbat, ota-onalarni e'zozlash mavzusidagi qӯshiqlarini olqishlar bilan kutib olindi. 

Xorijda vatandoshlarimiz turli sohalarda mehnat qilib, ӯqib, ishlab yurishibdi. Bu yerda ular uchun hamma narsa bor. Faqat vatan, ona yurt mehri yetmaydi xolos. Elchixona tomonidan tashkil etilayotgan ana shunday tadbirlar millatdoshlarimizda vatanga muhabbat, ӯzaro dӯstlik, birodarlik tuyg‘ularini yanada oshishiga yordam bermoqda. 

Tag‘in o‘qing
12 november 2025
O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi faoli, jamoat arbobi va parlament deputati, dunyoda tinch siyosiy faoliyati uchun eng ko‘p qamoqda o‘tirgan ...
20 may 2016
Farg‘onalik M.ismli ayol 1-sinfda o‘qiydigan qizchasini maktabga jo‘natdiyu, Xalq ta'limi vazirligining “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilish uchun qo‘liga telefon oldi. ...
23 september 2020
Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov uch oy oldin yangi partiya tuzish payiga tushgandan buyon unga ko‘rinmas kuchlar tomonidan ...
29 december 2025
Dunëdagi eng birinchi kasb g‘arlik, ikkinchisi esa jurnalistlik deyiladi. Qadim zamonda bir xotin qo‘tosni soni evaziga erkaklarni g‘orga apkirib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...