Asosiy mavzular
4 april 2025

Xorazmda diniy terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan ikki shaxs qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tuman sudida 1993 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, oilali, 2 nafar farzandi bor, ma'lumoti o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan M.K. hamda 2000 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan D.L.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-3-moddasi(Terrorizmni moliyalashtirish) 1-qismi va 244-2-moddasi(Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudda aniqlanishicha M.K. 2023 yilda mavsumiy ishlash uchun mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasiga borib, yollanma ish faoliyati bilan shug‘ullanib kelishi davomida “Youtube” videoxostingi orqali turli xil taqiqlangan diniy ekstremistik kanallarga obuna bo‘lib, ushbu kanallardagi videofayllarni tomosha qilib kelgan. “Tavxid va jixod katibasi” xalqaro terrorchilik va ekstremistik tashkilotiga xayrixohlik bildirib, tashkilotning g‘oyalarini qo‘llab quvvatlashni boshlagan hamda terrorizmni moliyalashtirish kabi jinoyatlarni sodir etgan.

D.L. 2019 yil avgust oyidan boshlab mavsumiy ishlash uchun mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida, shuningdek Qozog‘iston Respublikasi hududida yollanma ish faoliyati bilan shug‘ullanib kelishi davomida “Youtube” videoxostingi, “Tik Tok” messenjerida turli xil taqiqlangan diniy ekstremistik ma'ruzalarini tomosha qilib kelgan. “Tavxid va jixod katibasi” xalqaro terrorchilik va ekstremistik tashkilotiga xayrixohlik bildirib, tashkilotning g‘oyalarini qo‘llab quvvatlashni boshlagan hamda terrorizmni moliyalashtirish kabi jinoyatlarni sodir etgan.

Sud hukmi bilan M.K. hamda D.L.lar JKning 155-3-moddasi 1-qismi va 244-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga JKning 59, 61-moddalari tartibida uzil-kesil 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tag‘in o‘qing
9 october 2020
Mana, gir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qirg‘izlar hukumatni ag‘darishga ham ulgurdi. O‘zbek mulozimlari esa hukumat xazinasini o‘marishda ...
25 may 2018
Markaziy osiyolik bir guruh faollar O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga tegishli, kelib chiqishi korruptsion aktivlarning mazkur ...
6 january 2022
O‘zbek muxolifat lideri Muhammad Solih Eltuz muxbiri bilan suhbatda Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi. O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad ...
2 may 2016
«Narodnoe slovo» gazetasining «Jahon» axborot agentligiga asoslanib yozishicha, BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida O‘zbekistonda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...