Asosiy mavzular
22 may 2025

2025 yilgi “Front Line Defenders” mukofoti laureatlari ro‘yxati e'lon qilindi

Front Line Defenders tashkiloti 2025 yil uchun “Xavf ostidagi inson huquqlari himoyachilari”ga beriladigan nufuzli mukofot sohiblarini e'lon qildi. Bu yilgi besh nafar laureat qatorida o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachisi, jurnalist va jamoat faoli Sharifa Madrahimova ham bor!

Sharifa Madrahimova — farg‘onalik jasur va fidoiy huquq himoyachisi bo‘lib, qishloq joylarda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, adolatsizlikka qarshi kurashish, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish sohasida ko‘plab ishlarni amalga oshirgan. U o‘zining jurnalistlik faoliyati orqali ko‘plab muammoli masalalarni ko‘tarib chiqqan va huquqbuzarlik holatlarini fosh etgan.

Ushbu mukofot butun dunyo bo‘ylab turli mintaqalarda xavf-xatarlarga qaramasdan inson huquqlarini himoya qilayotgan shaxslarga beriladi. Bu yilgi boshqa laureatlar Benin, Gaiti/Dominikan Respublikasi, Tailand va G‘arbiy Sahrodan.

Front Line Defenders ijrochi direktori Alan Glazgo shunday dedi:

“Bu besh nafar jasur inson va tashkilot inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida ulkan xavf-xatarlar ostida ish olib bormoqda. Ular – zulm, diskriminatsiya va qamoqda saqlash kabi vaziyatlarda umid nuridir.”

Garchi Madrahimova taqdirlash marosimida ishtirok eta olmagan bo‘lsada, uning nomidan “O‘zbek forum” tashkiloti direktori Umida Niyazovaga so‘z berilib, uning dil izhorlarini o‘qib eshittirdi. Madrahimova shunday dedi:

“Men bu mukofotni o‘zim uchun emas, balki O‘zbekistondagi barcha fidokor inson huquqlari himoyachilari uchun qabul qilyapman. Bu e'tirof xalqimiz ovozini dunyoga eshittirish imkonidir.”

Taqdirlash marosimi Irlandiyaning Dublin shahrida, shahar meriyasi binosida o‘tkazildi. Unda xalqaro diplomatlar, hukumati vakillari, fuqarolik jamiyati a'zolari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Front Line Defenders Award 2005 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida katta xavf-xatarlar ostida mehnat qilayotgan shaxslarga beriladi. Bu mukofot inson huquqlari himoyachilarining faoliyatiga xalqaro e'tiborni qaratishga xizmat qiladi.

Tag‘in o‘qing
28 september 2025
Rassom Tuz
29 december 2020
2020 yilda Milliy gvardiya tashabbusi bilan Uchtepa tumani hokimligi va Toshkent shahri IIBB hamkorligida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ...
3 september 2016
O‘zbekiston musulmonlar idorasi toshirig‘i bilan respublikaning barcha masjidlarida Toshkent vaqti bilan 13 dan 20 daqiqa o‘tganida Islom Karimovning janozasi ...
15 march 2024
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. MS:  Nichiksizla xo‘jik brri, mo‘chchi oynikala. Buxoroda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...