Asosiy mavzular
29 may 2025

XATIRChI HOKIMI NOMZODNI «SUDLANGAN» DYeGAN BAHONA BILAN SAYLOVDAN ChYeTLATDI

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Tamabaxrin mahallasi faoli bo‘lib ishlagan Saibnazarov Rauf Toshxonovich Eltuz tahririyatiga murojaat qilib, tuman hokimiyati tomonidan uning raislikka nomzodi asossiz ravishda rad etilganini ma'lum qildi.

Rauf Saibnazarov o‘z murojaatida yozishicha, u 2022 yilda xalq tomonidan saylangan va 2025 yil 27 mayga qadar Tamabaxrin mahalla fuqarolar yig‘ini raisi sifatida faoliyat yuritgan. Vakolat muddati tugagach, u yana ushbu lavozim uchun nomzod sifatida taklif qilingan, biroq tuman hokimi Umidjon Adizov tomonidan “sudlangan fuqaro” degan bahona bilan suhbatga ham kiritilmagan.

Men ikki oliy o‘quv yurtini bitirgan, magistr darajasiga ega mutaxassisman. Ish faoliyatim davomida hech kimning manfaatidan foydalanmaganman. Xalqqa qo‘limdan kelganicha yordam qildim. Ammo hokim meni nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlamadi. Asos sifatida ‘sudlangan’ deb ko‘rsatdi, lekin bu noto‘g‘ri. Qo‘limda sudlanmaganligim haqida rasmiy hujjat bor, — deyiladi murojaatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tuman hokimi bergan bunday baho mutlaqo asossiz va xalq irodasiga qarshi hisoblanadi.

Savol tug‘iladi: agar mahalla raisini xalq saylasa, u holda hokimning bir tomonlama qaror chiqarishga va “noloyiq” deb baholashga huquqi bormi?

Murojaatda Saibnazarov Rao‘f Toshxonovich o‘zining fuqarolik huquqlari himoya qilinishi, nomzod sifatida ko‘rib chiqilish imkoniyati qayta tiklanishini so‘ramoqda. U bu masalada ommaviy axborot vositalari va tegishli tashkilotlardan yordam so‘ramoqda.
Eltuz tahririyati ushbu holat yuzasidan Xatirchi tuman hokimiyatidan rasmiy izoh so‘raydi.

Tag‘in o‘qing
4 march 2021
Til mavzusi bizni 70-80-yillardan boshlab qiynab kelayotgan mavzu edi. Albatta, u paytda o‘zbek tili davlat tili sifatida emas, balki ...
1 november 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Jurnalist Maloxat Eshonqulovaning faoliyati tufayli endi uning bo‘lg‘usi qudalariga bosim ko‘rsatilayotgani haqidagi gaplarni eshitib, har qanday ...
17 january 2017
17 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov bilan birga qirg‘iz millatiga mansub bir erkak va uch aël ham qo‘lga olingan. Shu ...
5 september 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Navoiy va Jizzax viloyatlaridan kelgan. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...