Asosiy mavzular
7 june 2025

XORAZMDA SUDYaLAR QURBON HAYITINI “QAMOQ”DA O‘TKAZIShGA QAROR QILIShDI!

Qonunda yozilganmi? Ha. Prezident farmoni bormi? Albatta. Demak, Qurbon bayrami kuni dam olasizmi? Yo‘q! Agar siz Xorazm viloyati sudlarida ishlasangiz, dam olish – “oddiy xalq” uchun! Sudya uchun esa – sudlanuvchilar bilan bayram!

Xorazm viloyatida viloyat va shahar-tuman sud raislari, jinoyat ishlarini ko‘rayotgan sudyalar Qurbon hayiti munosabati bilan berilgan rasmiy dam olishni, kerak bo‘lsa, Mehnat kodeksi bilan birga arxivga jo‘natishgan ko‘rinadi.

Sudyalar “qonun ustuvor” deyishadi-yu, lekin o‘zlari “qonun ustidan” kulishadi.

Qurbon hayiti kunida sud eshiklari ochiq. Sudyalar “chidab bo‘lmaydi, hibsdagi insonlarimiz kutayapti”, deb, balkim muhabbat, balkim “plan” tuyg‘usi bilan ishga chiqishgan. Qonundagi dam olish haqidagi moddalar esa choynakning yoniga qo‘yib qo‘yilgan.

Bu holatga mahalliy aholi lolu hayron: “Sudya qonunni buzsa, boshqasi kimdan o‘rnak olsin?” deydi ular.

Tag‘in o‘qing
30 october 2023
Mirziyoevning Qashqadaryoga tashrifi oldidan paxta terimi bo‘yicha Qashqadaryoda reja bajarilgani haqidagi ma'lumot aslida qo‘shib yozilgani aytilmoqda. Qashqadaryo viloyati paxta ...
22 november 2021
Britaniyalik taniqli fotograf Rip Xopkins (Rip Hopkins) fotoob'ektivida aks etgan O‘zbekkiston turizm shirkatlari chop qilgan bukletlardan farq qiladi. 10 ...
8 september 2018
«O‘zbekkontsert» qoshidagi badiiy kengash 5 sentyabr kuni bir qancha o‘zbek artistlari kliplarini mahalliy TV kanallarida ko‘rsatishni taqiqladi. Ular ichida ...
16 august 2017
2018 yilgi Green Card lotereyasi natijalariga ko‘ra, Amerikada yashash imkonini olgan g‘oliblar miqdori bo‘yicha O‘zbekiston beshlikdan o‘rin oldi. Beshlikka ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...