Asosiy mavzular
12 june 2025

XORAZMDA YeRLARNI NOQONUNIY EGALLASh HOLATLARI AVJ OLMOQDA

Xorazm viloyatining Xiva shahrida yer ajratish va sotib olish jarayonida qonunni buzish, tanish-bilishchilik va o‘zlashtirish holatlari kuzatilmoqda. Aholining uy-joyga ehtiyoji ortib borayotgan bir paytda, ayrim shaxslar o‘z manfaatlarini ko‘zlab davlat yerlarida noqonuniy qurilishlar amalga oshirmoqda.

So‘nggi paytlarda Vazirlar Mahkamasi o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xatlov qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu qaror ayrim “uddaburonlar” uchun yangi imkoniyatga aylangan. Ular tanishlari orqali bo‘sh yerlarni egallab, bino qurmoqda. Natijada, davlat bunday binolarni buzishga ojiz qolmoqda — oddiy xalq esa bu jarayonni adolatsizlik deb qabul qilmoqda.

Masalan, https://open.ngis.uz/ portalida keltirilgan 22:12:01:03:01:1965, 22:12:01:03:01:1963, 22:12:01:03:01:1961, 22:12:01:03:01:2462 kabi kadastr raqamlariga ega hududlardagi ayrim qurilishlar noqonuniy ekani taxmin qilinmoqda. Bu joylarda na davlat qarori, na soliq to‘lovi mavjud. Qurilish ishlari og‘zaki va norasmiy “va'da” asosida boshlangan.

Yana bir e'tiborli jihat shundaki, bu yerlar ilgari sug‘oriladigan, dehqonchilik uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘lgan. Biroq hozirda ayrim shaxslar soxta fermer xo‘jaliklari orqali ularga egalik qilib, qonuniy tenderlarsiz o‘zlashtirib olgan.

Bunday holatlar nafaqat jamiyatda ishonchsizlikni kuchaytirmoqda, balki atrof-muhitga ham salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Yashillik yo‘qolib bormoqda, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar noqonuniy qurilish maydonlariga aylanmoqda.

Bugun bu masalaning ko‘tarilishi bejiz emas. Uy qurishga imkoni bo‘lmagan ko‘plab fuqarolar sarson bo‘layotgan bir paytda, boshqalar yerlarni bemalol egallab olmoqda. Agar Vazirlar Mahkamasining qarori asosida noqonuniy qurilgan inshootlar e'tirof etilsa, bu “pulini bersang, xohlagan jinoyatni qilsa bo‘ladi” degan xavfli fikrni shakllantiradi.
P.S. Ochiq manbalar asosida kimlar, qanday uyushmalar orqali yerlarni o‘zlashtirgani haqidagi ma'lumotlar mavjud. Biroq shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilish qonun bilan taqiqlangan. Mazkur holatlarni aniqlash va chora ko‘rish vakolati tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklangan.

Tag‘in o‘qing
28 december 2025
1895 yilning 28 dekabr kuni Parijdagi Kaputsinlar bulvarida joylashgan «Grand kafe» yerto‘lasidagi «Hind saloni»da yuz bergan voqea insoniyat tarixi ...
5 may 2016
O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonova o‘z jazmani 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) tarafidan 27 aprel oqshomida bo‘g‘ib ...
21 march 2022
Xonanda va muxolifat faoli Jahongir Otajonovning Ozodlik radiosiga 18 mart kuni bergan intervyusi O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmatida katta xavotir ...
17 june 2016
80- yillar oxirlarida sahna yuzini ko‘rgan «Oyna» dramatik asari orqali prokurorlarning arzandi o‘g‘illari qilaëttgan jinoyatlarni fosh qilgan ëzuvchi «kommunist ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...